Usta shodi Azizov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Usta shodi Azizov (1878, Gʻijduvon tumani — 1943, Gʻijduvon) — xonanda, sozanda (nay, doyra), raqqos. Oʻzbekiston xalq hofizi (1940). Buxoro — Samarqand mussha uslubi vakili. Bolalikdan milliy raqs, masxarabozlik yoʻllariga qiziqib, xalq toʻysayillarida xizmat qilgan. Tez orada xalq orasida shuhrat qozonib, 1895-yil Buxoro amiri saroyiga chaqirilgan. Shashmaqom yoʻllarini Ota Jaloldan oʻrgangan. 1930-yillarda Gʻijduvon kolxoz—sovxoz teatrida yakkaxon xonanda, pedagog va raqslar ustasi (sahnalashtiruvchisi). U. Sh. ijrosida Ye. Romanovskaya Shashmaqomning bir necha ashula yoʻllarini yozib olib, notaga tushirgan. Shogirdlari orasida Tojikiston xalq artisti B. Fayzullayev va boshqa bor.