Kontent qismiga oʻtish

Boʻlamon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Boʻlamon


Boʻlamon (balamon, balabon, bulamon, bolaban, bolaman nomlari ham mavjud) – Markaziy Osiyo va Kavkaz xalqlarining tilchali puflama musiqa asbobi.

Qadimdan mashhur, ayniqsa XV—XVII asrlardagi boʻlamonchi sozandalar nomi tarixiy manbalarda koʻp uchraydi.

Tashqi koʻrinishi kichik surnaysimon boʻlsada, nayining ichki kengligi uzunasiga bir xil. Yuqori qismiga yakka tilchali qilib kesilgan qamish naycha oʻrnatiladi. Asosan, tut yogʻochidan yasaladi. Barmoqlar uchun moʻljallangan 7 ta teshigi yuzida, 1 tasi orqa tomonida boʻladi. Tovushqatori diatonik. Diapazoni taxminan 2 oktava boʻlib, kichik oktavadagi re va re-bemoldan boshlab uch oktavagacha boradi[1][2].

Boʻlamon sibizgʻaning takomillashtirilgan turi boʻlsada, sadolanish kuchi, tembr xususiyatlari hamda ijro imkoniyatlariga koʻra qoʻshnayga yaqin. Oʻzbekistonning Xorazm vohasi va qisman Qoraqalpogʻistonda tarqalgan[3].

  1. I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  2. I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2. 
  3. „Boʻlamon“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. (B-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
  • Karomatov F., Oʻzbekskaya instrumentalnaya muzika, T., 1972.