Janr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Janr (fransuzcha genre — „koʻrinish“) — shakliy va tarkibiy xususiyatlar majmui bilan tavsiflanuvchi asar turi.

Kinematografiya[tahrir]

Janr (frans. qenre — jins, tur) — sanʼat turlarida tarixan shakllangan ichki boʻlinish hamda mazkur boʻlinishni ifodalovchi tushuncha; shakl va mazmun birligidagi oʻziga xos xususiyatlariga ega boʻlgan sanʼat asarining alohida turi. Sanʼat asarlarining Janr guruxlariga boʻlinishi turli (tanlangan mavzu, badiiy-gʻoyaviy mazmun, shakl jihatlari va boshqa) mezonlarga tayanib amalga oshiriladi; har bir sanʼat turida Janr tasnifi oʻziga xos tizimni tashkil etadi.

Adabiyot (badiiy-adabiy ijod)da Janr asarning qaysi adabiy turga taalluqliligi, hajmi va obrazlarining qurilishi usuli (ramziyligi, majoziyligi, hujjatliligi) bilan belgilanadi. Janrning 3 asosiy turi mavjud: epik Janr (qahramonlik dostonlar, roman va hikoya), lirik Janr (qasida, elegiya, sheʼr, qoʻshik, va boshqa)., dramatik Janr (tragediya, drama, komediya). Mazkur Janrlar asar mavzuiga koʻra yanada maydaroq qismlarga ham boʻlinadi (maye, maishiy, psixologik mavzudagi romanlar; hajviy, lirik komediyalar va vodevil va boshqa).

Tasviriy sanʼatda, avvalo, tasvirlanayotgan narsaga, baʼzan tasvir xususiyatiga koʻra asosiy Janrlar belgilanadi (maye. portret, manzara va boshqa). Keyingi (yanada mayda) boʻlinishlar badiiy ijodda bilish, gʻoyaviy baholash, badiiy obraz boʻlaklari aralashuvi bilan aniqlanadi. Shunga koʻra, portretchi rassom nuqtai nazari umumiy (portret)gina boʻlib qolmay, shuningdek, istehzoli (sharj) va qahrli fosh etuvchi (karikatura) shakliga ega boʻlishi mumkin. Asosiy Janrlarning janrchalari tasvir sohasini xususiyni yanada xususiylarga boʻlishlarda hosil boʻladi (maye, dengiz koʻrinishi marina — manzaranmng bir turi va sh. k.).

Musiqada asarlarning hayotdagi oʻrni, ijro etilish joyi va sharoitiga koʻra, maishiy, marosim, bazm va bayram, harbiy musiqa, konsert, kamer musiqasi kabi; ijro xususiyatlariga qarab, vokal va cholgʻu musiqasi, shuningdek, yakka, ansambl, xor, orkestr musiqasi va boshqa guruxlar ajratiladi. Mazmun va badiiy mohiyati nuqtai nazaridan musiqada ham epik (maye, kitobxonlik yoʻllari, doston termalarn, ballada va boshqa), lirik (ashula, ariya, madhiya, poema va boshqa) hamda dramatik (musiqiy tomosha, musiqali drama, opera va simfoniya kabi) turlarini belgilash mumkin.

Qad., oʻrta acrlar va Uygʻonish davri sanʼatlarida Janrlar orasida aniq, chegara qoʻyilmagan. Klassitsizm davri (Fransiya) dagina qatʼiy Janr tizimi yaratildi. 19-asrda Janrlar orasiga katiy chegara qoʻyilishi bilan ayrim Janrlar oʻz ahamiyati va yetakchiligini yoʻqotdi, ayrimlari (portret, manzara, konsert, simfoniya va boshqa)ning oʻzaro taʼsirda, yangi turlarining paydo boʻlishi kabi murakkab jarayonlar yuzaga keldi. Sanʼatshunoslikda Janr tushunchasi 17-asrda paydo boʻlib, jahon sanʼati tarixining barcha davrlariga nisbatan asarlarning ifodaviy va mazmun xususiyatlarini taxlil qilishda qoʻllaniladi.[1]

Teatr[tahrir]

Adabiyot[tahrir]

Musiqa[tahrir]

Tasviriy san`at[tahrir]

Kompyuter oʻyinlari[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil