Qoʻbiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoʻbiz, qil qoʻbiz, qobuz — 1) torli musiqa cholgusi. Oʻrta asr (Mahmud Qoshgʻariy, Navoiy, Bobur, Darvishali Changiy va boshqalar) manbalarida Q. turkiy xalqlarning eng sevimli tor-litirnama musiqa cholgʻusi sifatida taʼriflangan. Bu shakldagi Q. (hozirgi doʻmbi-rata yaqin) qirgʻizlarda qoʻmuz, xakaslarda xomis nomi bilan saqlangan. Oʻzbek, qozoq, qoraqalpoqlarda Q. — torlikamonli cholgʻu sifatida mashhur. Umumiy uz. 700 mm atrofida. Oʻyma kosasi (rezonatori) va yoysimon bukilgan yoʻgʻon dastasi bir butun yogʻochdan yasaladi. Kosasining uzunchoq pastki qismi teri bilan qoplanadi. Otning chiyratilmagan qilidan yasalgan 2 tori kvarta (baʼzan kvinta)ga sozlanadi. Yoysimon kamon (600–700 mm atrofida) qillari barmoqlar yordamida taranglashtiriladi. Rivoyatlarga koʻra, ilk Q.ni afsonaviy Qoʻrqut (oʻgʻuz bax-shilarining piri) yasagan. Qoraqalpoq (18-asrga qadar qozoq) jirovlarida, shuningdek, baxshi-shomonlarda Q. asosiy cholgʻu hisoblangan. Mayin, nolalarga boy tovushga ega Q. Oʻzbekistonda 1930-yillargacha buxoroda maqom an-sambllari tarkibida boʻlgan. 1940—50-yillarda Q.ning rekonstruksiya qilingan (prima, alt, bas va boshqalar) turlari xa/1q cholgʻulari orkestri tarkibiga kiritilgan; 2) turk-man, tatar, boshqirdlarda temir changqoʻbiz nomi.

Qalmirza Qurbonov.