Saraxbor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saraxbor (fors.—arab. — bosh xabarlar) — 1) Shashmaqomning har bir maqomda ashula boʻlimi boshlanadigan birinchi, bosh shoʻba. S.lar maqom nomi bilan qoʻshilib, S.i Buzruk, S.i Rost kabi ataladi. Oʻz navbatida, har bir S.ning bir necha (6 tagacha) taronalari mavjud. Asosiy S.lardan tashqari Dugoh maqomining 2guruh shoʻʼbalar tarkibiga S.i Oromijon deb nomlangan shoʻʼba ham kirgan. S.lar 2 chorak takt oʻlchovidagi oddiy ravon (bakbum) doira usulida ijro etilsada, kuy tuzilishi juda murakkab. Ular daromad, miyonxat, dunasr, avek hamda ulardan keyin keladigan furovard kuy tuzilmalaridan tarkib topgan. S.lar avjida esa bir nechtadan namud ishlatiladi (mas, S.i Buzrukda Uz zol va Muhayyari Chorgoh, Si Rostda Segoh, Uzzol va Muhayyari Chorgoh namudlari va h.k.). Slar odatda, 15 va 14 hijoli muzore, mujtass, mutaqorib va ramal vaznlardagi gʻazallar bilan yakkaxon xonandalar va ashulachilar ansambli tomonidan (cholgʻular joʻrligida) aytiladi. S.lar maqomlarning bosh mavzui sifatida boshqa shoʻʼbalar ohang va tarkibiy tuzilishiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan; 2) tojik mumtoz musiqa merosida bir necha qismdan iborat boʻlgan, turlicha nomlanuvchi kuy va ashulalar nomi (jumladan, „Saraxbori Koʻhistoniy“).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil