Folklor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Folklor (ing . folk — xalq, lore — bilim, donolik) — xalq ijodini ifodalovchi termin. Fanga 1846 yilda ingliz arxeologi U.J.Toms olib kirgan. 1880—90 yillarda "F." termini koʻplab mamlakatlarda, jumladan, Rossiyada ham qoʻllana boshlagan. Oʻzbekistonda dastlab, "ogʻzaki adabiyot", "ogʻiz adabiyoti" atamalari qoʻllangan. "F." termini 30-yillarning oʻrtalaridan ishlatila boshlagan. 1939 yilda Hodi Zarifning "Oʻzbek folklori" xrestomatiyasi nashr etilgach, bu termin oʻzbek folklorshunosligida mustahkam oʻrin oldi (qarang Xalq ijodi, Folklorshunoslik).