Segoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Segoh (fors. — uch oʻrin, uch parda) — 1) Oʻn ikki maqom tizimida maʼlum shoʻʼba nomi. Manbalarda koʻrsatilishicha, S. 3 pogʻonali tovushqator boʻlib, pardalari 2 ta butun ton oraligʻida joylashgan; 2) Shashmaqom va Xorazm maqomlari tarkibida beshinchi maqom. Tovushqatori eoliy (minor) gammaga toʻgri keladi. Shashmaqomdagi S.ning mushkilot boʻlimi — Tasnifi S, Xafifi S, Garduni S, Muhammasi S, Muhammasi Ajam, Muhammasi Mirza Hakim, Saqili Bastanigor, nasr boʻlimi — 1 va 2 guruh shoʻʼbalaridan iborat. Ulardan birinchisi Saraxbori S (6 ta taronasi va suporishi bilan), Talqini S. (taronasi bilan), Nasri S. (taronasi bilan), Navroʻzi Xoro (uchta taronasi va suporishi bilan), Navroʻzi Ajam (taronasi bilan) hamda Ufar va Suporish qismlaridan iborat. S.ning 2 guruh shoʻʼbasi Moʻgʻulchai S. deb nomlanib, Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar qismlarini oʻz ichiga olgan. S. maqom pardalari asosida juda koʻp ashula va cholgʻu yoʻllari yaratilgan: "Segoh", "Girya" III, "Ilgʻor", "Guluzorim", "Figʻon", "Nimchoʻponiy" ashulalari, "Mushkiloti Segoh" kuyi va uning ufari va boshqa S. yoʻllaridan Oʻzbekiston kompozitorlari barakali foydalanishgan (mas, R.Glier va T. Sodiqovning "Layli va Majnun" operasi; Yu. Rajabiy va boshqa Nadejdinning hamda S. Boboyevning "Segoh" simfonik poemalari, M. Tojiyevning 3, T. Kurbonovning 5simfoniyalari va boshqalar).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil