Xor
Xor (yunoncha: choros — davra oʻyin qoʻshigʻi) — 1) antik davr teatr tomoshalarining jamoaviy ishtirokchisi; birgalikda kuylab, raqsga tushib dramatik holatlarga, qahramonlar harakatiga izoh beradigan aktyorlar guruhi; 2) xonandalar jamoasi. Tarkibiga koʻra, bir turdagi (erkaklar xori, ayollar xori, bolalar xori) va aralash, shuningdek, ijrochilar soniga qarab kamer (12— 20 kishidan iborat), kichik va katta [100—120 gacha; 500— 1000 va undan ortiq ishtirokchi qatnashishi mumkin] boʻlinadi. Yevropada professional unison xorlar xristian cherkovlarda 4-asrdan maʼlum (kliros). 10—13-asrlarda xor jamoasining ovoz (partiya)larga boʻlinishi boshlandi. Gomofoniya uslubi va mumtoz garmoniyanutt rivoji davri (17-asr)dan aralash xor jamoasi 4 ta (soprano, alt, tenor, bas) partiyaga ajratildi. Xor ijrochiligi musiqa cholgʻulari joʻrligida va joʻrsiz (a kapella) boʻladi. Oʻzbekistonda koʻp ovozli xor ijrochiligi 19-asr oxiridan rivojlana boshladi (V. Seksovich, N. Mironov. S. Kuzmenko va boshqa rahbarligidagi jamoalar). Professional xorlar 20-asr oʻrtalarida tashkil topgan: Oʻzbek radiosi xori (1947, V. Verov), Navoiy teatri xori (1948), Oʻzbek filarmoniyasining Davlat akademik kapellasi (1952, S. Valenkov va A. Sultonov). Aynan shu davrdan boshlab xor ijrochiligi maxsus musiqa taʼlimi tizimiga kiritildi, professional jamoalar qatorida oʻquv, havaskor, bolalar xorlari keng rivoj topdi. Hozirda Oʻzbekistonda bir necha professional xor jamoalari faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston davlat akademik kapellasi (1978—2001-yillarda badiiy rahbari va bosh dirijyori — A. Hamidov, 2002-yildan D. Jdanov). Repertuaridan chet el kompozitorlari (Kerubini, Motsart, Verdi, Fore, Gendel, Taneyev, Chesnokov, Raxmaninov va boshqalar)ning mumtoz asarlari, shuningdek, qayta ishlangan oʻzbek xalk, qoʻshiqlari, Oʻzbekiston kompozitorlari asarlari oʻrin olgan. Oʻzteleradiokompaniyasi qoshidagi Respublikada xizmat koʻrsatgan xor jamoasi (tashkilotchisi — B. Umidjonov, 1960 y 16 dekabr; 2003-yildan badiiy rahbari — D. Malikova, dirijyori —B. Lutfullayev, J. Shukurov, C. Radjabova, I.Matyakubov.2013 y dan badiiy rahbar va dirijyor— Sh.Boboxonova Hozirda O'zb.R Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, Badiiiy jamoalar birlashmasi qoshidagi Respublikada xizmat ko'rsatgan Xor jamoasi). Ijro uslubida Yevropa xor anʼanalari bilan milliy xonandalik. uslublari uygʻunlashgan. Repertuaridan M. Burhonov, B. Umidjonov, S. Boboyev, Ik. Akbarov, M. Nasimov va boshqa qayta ishlagan xalq qoʻshiklari, M. Bafoyev, F. Alimov, B. Lutfullayev, D. Omonullayeva, N. Gʻiyosov va boshqa oʻzbek kompozitorlarining poema, kantata, oratoriyalari asosiy Urin tutadi. Xususiy tashkil etilgan "Ipak yoʻli" kamer xori (2001-2006, D. Jdanov) faoliyat yuritgan. Repertuaridan jahon xalqlari qoʻshiqlari, chet el mumtoz asarlari o'rin olgan[1].
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Xor" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- VikiOmborda Xor mavzusi boʻyicha mediafayllar bor
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.