Abulxayrxon (Oʻzbek ulusi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abdulxayrdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Abulxayrxon
ڊ۔۔۔ٯ الـخـڍـر خـات
Abdulxair.jpg
Tavallud sanasi: 1412-yil
Vafot sanasi: 1468-yil
Kasb: Xon

Abulxayrxon (1412-1468) — tarixda Koʻchmanchi oʻzbeklar davlati deb nom olgan davlat asoschisi. Tura (Gʻarbiy Sibir) xoni bo'lgan. 1446-yilda Abulxayrxon Sirdaryo bo'yidagi bir qancha shahar va qal'alar (Oqqoʻrgʻon, Arquq, Oʻzgan, Sigʻnoq, Suzoq)ni bosib oldi. 1447-yilda mamlakat poytaxti Sibirdan Sigʻnoqqa ko'chirildi. 1431-yilda Abulxayrxon Xorazmni bosib oldi. 1448-yilda ko'chmanchi oʻzbeklar Movarounnahrga bostirib kirdilar va Samarqandni qamal qildilar. 1451-yilda Abulxayrxon Abu Said bilan qo'shilib yana Samarqandga yurish qildi va uni taxtga o'tqazdi. Ko'chmanchi oʻzbeklar keyinchalik temuriylardan Muhammad Joʻqiyga ham ko'maklashdilar (1460-62). Abulxayrxon vafotidan keyin uning dushmanlari (Iboqxon, Jonibek, Burka sulton, Yomgʻurchi, Muso mirzo, Ahmadxon) taxt vorisi Shayx Haydarni mag'lub qildilar va Ko'chmanchi oʻzbeklar davlatini qulatdilar. Lekin XV asrning 80-yillarida Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon o'z raqiblari ustidan g'alaba qozondi va hokimiyatni qo'lga oldi.

Manba[tahrir]

Shayboniylar sulolasi

Shaybon (XIII-asr)
Abdulxayr-xon (1428 - 1468)
Shayboniy-xon (1468 - 1510)

Samarqand
Koʻchkunchi-xon (1510 - 1531)
Muzaffar ad-Din (1531 - 1534)
Abul Gazi (1534 - 1539)

Buxoro
Ubaydalla-xon (1512 - 1539)

Davlat birlashish
Abdulla-xon I (1539 - 1540)
Abdullatif (1540 - 1552)
Navroʻz Ahmad (1552 - 1556)

Samarqand

Pirmuhammad I (1556 - 1561)
Iskandar-Sulton (1561 - 1583)

Buxoro

Abdulla-xon II (1556 - 1598)
Abdulmoʻmin (1598)
Pirmuhammad II (1598)