Bahr ul-asror

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bahr ul-asror fi manoqib ul-ahyor (“Olijanob kishilarning jasorati haqidagi sirlar dengizi”) nomli tarixiy-geografik asar, muallifi XVII asrda yashab oʻtgan balxlik yirik qomusiy olim Mahmud ibn Validir.

Uning otasi Mir Muhammad Vali asli fargʻonalik, kosonlik boʻlib, Shayboniylardan Pirmuhammadxon avval (1546—1567-yy.) davrida Balxga borib qolgan. U oʻqim ishli va keng m a’lumotli kishi boʻlib, asosan fiqh ilmida zamonasining peshqadam kishilardan hisoblangan.

Mahmud ibn Vali 1596-yili tug'ilgan. 19 yoshga borganda, ya’ni 1614-yili u yirik fiqh va hadis olimi Mirakshoh Husayniyning xizmatiga kiradi va qariyb oʻn yil undan saboq oladi.

Mahmud ibn Vali fanning juda ko‘p sohalarini, tarix, geografiya, ilmi nujum, ma’danshunoslik, botanika va boshqa sohalam i qamrab olgan “Bahr ul-asror fi manoqib ul-ahyor” yoki “Bahr ul-asror” nomli o‘ta qimmatli qomusiy asarini yaratdi. Bundan tashqari u qator ilmiy va badiiy asarlar yaratgan bo'lib, ular bizgacha yetib kelmagan.

1634—1640-yillar orasida yozilgan “Bahr ul-asror” asari mundarijasida ko'rsatilishicha, yetti jilddan iborat bo'lgan. Uning II—VII jildlari jahon tarixiga bag'ishlangan bo'lib, O'zbekiston va u bilan qoʻshni mamlakatlaming qadim zamonlardan to 1640-yilgacha kechgan tarixidan bahs yuritadi. Afsuski, bu muhim va qimmatli asarning faqat I va VI jildlarigina topilgan, xolos. Asarning birinchi jildida yetti iqlim m am lakatlarining, shuningdek, Oʻzbekistonning oʻrta asrlardagi shahar va viloyatlarining geograflk holati, xalqi va uning turm ush tarzi haqida qimmatli ma’lum otlar keltirilgan. “Bahr ul-asror” ning VI jildi alohida qimmatga ega. Unda XIII—XVII asrning birinchi yarmida Chigʻatoy ulusi, Oʻrta Osiyo, va Shimoliy Afgʻoniston tarixi keng va atroflicha yoritilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yo'nalishi talabalari uchun darslik. A. Madraimov, G. Fuzailova. Т.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.