Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi
Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi | |||||
Українська Радянська Соціалістична Республіка Украинская Советская Социалистическая Республика | |||||
Sovet Rossiyasining qoʻgʻirchoq mamlakati (1919–1922) Sovet Ittifoqi respublikasi (1922–1990) Ukraina qonunchiligi ustuvor boʻlgan ittifoqdosh respublika (1990–1991) | |||||
| |||||
Shior Пролетарі всіх країн, єднайтеся! (Ukraincha) Proletari vsikh krayin, yednaitesia! (transliteratsiya) „Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“ | |||||
Madhiya Державний гімн Української Радянської Соціалістичної Республіки Derzhavnyy himn Ukrayins'koyi Radyans'koyi Sotsialistychnoyi Respubliky „Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi gimni“ | |||||
Ukraina SSRning (qizil) Sovet Ittifoqida joylashuvi
| |||||
Poytaxti | Xarkov (1919–1934) Kiyev (1934–1991) | ||||
Til(lar)i | Rasmiy tillar: Ukrainb • Rus Ozchiliklar tillari: Qrimtatar | ||||
Hukumati | Unitar Marksist-Leninist bir partiyali sovet sotsialistik respublika (1920–1927; 1953–1990) Stalinist bir partiyali totalitar diktatura (1927–1953) Unitar yarim prezidentlik respublika (1990–1991) | ||||
Birinchi kotib | |||||
• | 1918–1919 (ilk) | Emanuel Kviring | |||
• | 1990–1991 (soʻnggi) | Stanislav Hurenko | |||
Hukumat boshchisi | |||||
• | 1919–1923 (ilk) | Kristian Rakovskiy | |||
• | 1988–1991 (soʻnggi) | Vitold Fokin | |||
Davlat boshchisi | |||||
• | 1919–1938 (ilk) | Grigory Petrovskiy | |||
• | 1990–1991 (soʻnggi) | Leonid Kravchuk | |||
Boshqaruv tizimi | Oliy Kengash | ||||
Tarixi | XX asr | ||||
• | Ukraina Sovet Respublikasi eʼlon qilingan | 10-mart 1919-yil | |||
• | Sovet Ittifoqiga qabul qilingan | 30-dekabr 1922-yil | |||
• | Polshadan Gʻarbiy Ukraina anneksiya qilib olingan | 15-noyabr 1939-yil | |||
• | Ukraina qonunlarining ustuvorligi eʼlon qilingan, sovet qonunlari qisman bekor qilingan | 10-iyul 1990-yil | |||
• | Mustaqillik deklaratsiyasi eʼlon qilingan, Ukraina deb qayta nomlangan | 24-avgust 1991-yil | |||
• | Ukraina mustaqilligi referendumi | 1-dekabr 1991-yil | |||
• | Sovet Ittifoqini tarqatib yuborish toʻgʻrisidagi kelishim ratifikatsiya qilingan | 10-dekabr 1991-yil | |||
• | Sovet Ittifoqi parchalanib ketgan, Ukraina mustaqilligi rasman tan olingan | 26-dekabr 1991-yil | |||
• | Sovet hukumati rasman bekor qilingan, yangi konstitutsiya qabul qilingan | 28-iyun 1996-yil | |||
Maydoni | |||||
• | 1989-yil | 603700 km² | |||
Aholisi | |||||
• | 1989-yil (tax.) | 51 706 746 | |||
Zichlik | 85.649736624151 km² | ||||
Pul birligi | Sovet rubli (SUR) | ||||
Telefon kodi | +7 03/04/05/06 | ||||
a. | Tarixiy nomlari:
| ||||
b. | „Ukraina SSR tillari qonuni“ga binoan 1990-yildan beri rasmiy til |
Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi, Ukraina SSR (ukraincha: Украї́нська Радя́нська Соціалісти́чна Респу́бліка; ruscha: Украи́нская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Ukrainasi deb yuritiladi.
Oʻzining 72 yillik tarixi davomida Ukraina SSRning chegarasi koʻp oʻzgargan. Hozirgi Gʻarbiy Ukrainaning yirik qismi 1939-yil Polshadan anneksiya qilib olingan. 1946-yil respublika hududiga Zakarpatye qoʻshib olingan. Ukraina SSR iqtisodi koʻlami va aholisi soni boʻyicha Sovet Ittifoqida Rossiya SFSRdan keyin ikkinchi oʻrinda turgan.
1919–1934-yillarda Xarkov shahri Ukraina SSR poytaxti boʻlgan. 1934-yildan poytaxti – Kiyev shahri. Respublika 480 rayonga boʻlingan, 429 shahar, 916 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]
1991-yil 24-avgust kuni Ukraina SSR Sovet Ittifoqidan mustaqilligini eʼlon qildi va respublika nomi Ukrainaga oʻzgartirildi. Ukraina mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ukraina SSRda sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 1-ming yillikda vujudga kelgan. 9–12-asrlarda Ukraina hududining kattagina qismi yagona qadimiy rus elatining shakllanishi uchun negiz boʻlgan Kiyev Rusiga kirgan. Keyinchalik mazkur elatdan uch sharqiy slavyan xalqi: ruslar, ukrainlar, beloruslar tarkib topgan. Taxminan 988-yili xristianlik (pravoslaviye oqimi) qabul qilinib, u davlat dini boʻlib qolgan.
12-asr oxirida Galich-Volin knyazligi vujudga kelgan. 13-asrda Ukraina moʻgʻullar bosqiniga uchragan. 15-asrda Qrim xonligi vujudga kelgan. Bu davrga kelib ukrain elati shakllanib boʻlgan edi. 1596-yili pravoslav cherkovi katolik cherkovi bilan birlashib, uniyachilik cherkovini tashkil qilgan.

16-asr oxirida ukrainlar polyak-litva shlyaxtasiga va turk agressiyasiga qarshi kurash olib borganlar. Bogdan Xmelnitskiy rahbarligida ukrain xalqining 1648–1654-yillardagi ozodlik urushi Ukrainaning Rossiyaga qayta qoʻshib olinishi bilan yakun topgan. Chap sohil Ukrainasi Rossiya tarkibida avtonomiya huquqiga ega boʻlgan. Ukrain kazak qoʻshinlari 1709-yilda Poltava jangida qatnashib, Shimoliy urushning borishini Rossiya foydasiga oʻzlashtirgan.
18-asrning 2-yarmida Janubiy Ukraina yerlari turklardan ozod etilgan. Oʻng sohil Ukrainasi 18-asrning oxirida Rossiyaga qayta qoʻshib olingan.
Ukrainada Sovet hokimiyati 1917-yil noyabri – 1918-yil yanvarda oʻrnatilgan. 1917-yil 12(25)-dekabrda Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgan, sotsializm qurila boshlagan. Ukraina SSR 1922-yil 30-dekabrdan Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan. 1939-yil noyabrda hozirgi Gʻarbiy Ukrainaning yirik qismi Polshadan anneksiya qilib olingan.
1941–1945-yillarda Ukraina SSRni nemis bosqinchilari okkupatsiya qilgan. 1943-yil kuziga kelib Sovet armiyasi Chap sohil Ukrainasini, 1944-yil oktabrda respublikaning butun hududini ozod etgan. 1945-yil iyunida Zakarpatye Ukrainasi Ukraina SSRga qoʻshib olingan. 1954-yil Qrim yarimoroli Rossiya SFSRdan Ukraina SSRga berilgan. 2014-yilga kelib Rossiya Qrimni anneksiya qilib oldi.
1991-yil 24-avgust kuni Ukraina SSR Sovet Ittifoqidan mustaqilligini eʼlon qildi va respublika nomi Ukrainaga oʻzgartirildi. Ukraina mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ "Ukraina SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 312. 5-89890-018-7.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Vikiomborda Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi haqida turkum mavjud |
|