Bobak qoʻzgʻoloni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BOBAK QOʻZGʻOLONI — Ozarbayjon va Gʻarbiy Eronda dahriylik gʻoyalarini ilgari surgan xurramiylarnit Bobak (Bobuk) (798/800838) boshchiligidagi islomga qarshi qoʻzgʻoloni (9-asr ning 30- yillari). Qoʻzgʻolon keng yoyilib, Sharqiy Armaniston yerlarigacha tarqaldi, ishtirokchilarining soni 300 ming kishiga yetdi. Vizantiya bilan boʻlayotgan urush hamda Misrdagi qoʻzgʻolon (830—833) xalifalikka Bobak qoʻzgʻoloni ni bostirish imkonini bermadi. Shuning uchun xalifa Maʼmunning vafotidan soʻng (833), xalifa Muʼtasim (833—842) Vizantiya bilan yarash bitami tuzib, asosiy kuchini Bobak qoʻzgʻoloni ni bostirishga tashladi. 833 yil Hamadon shahri yaqinidagi jangda qoʻzgʻolonchilar ogʻir talafot koʻrdilar. Arab manbalarida koʻrsatilishicha, bu jangda 60 ming kishi halok boʻlgan. 835 yil arab qoʻshiniga xalifaning eng yirik qoʻmondoni Afshin (Usrushona hokimi Haydar ibn Kovus) sarkarda qilib tayinlandi. U mahalliy mulkdorlarning yordami bilan qoʻzgʻolonni bostirdi. 837 yil qoʻzgʻolonchilarning oxirgi tayanch qalʼasi — Badz qoʻldan ketdi. 838 yil Bobak va uning tarafdorlari qatl etildi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil