Krit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Krit
Geografiya
Maydoni 8335,88 km2
Dengiz sathidan balandligi 2456 m.
Eng baland nuqtasi Mount Ida
Ma'muriyat
Davlat Yunoniston
Mintaqa Crete Region
Demografiya
Aholisi 623 065
Qo'shimcha ma'lumot

Krit – Oʻrta dengizning sharqiy qismidagi orol, Yunoniston hududi. Maydoni 8,3 ming km². Uzunligi gʻarbdan sharqqa 260 km, eni 12 km dan 55 km gacha. Shimoliy qirgʻoqlari qoʻltiqlar bilan parchalangan, jan. kam parchalangan, jarli. Relyefi togʻli. Togʻ massivlari (eng baland joyi 2456 m, Ida togʻi) ohaktosh va slanetslardan tuzilgan, karst hodisasi keng tarqalgan. Iqlimi Oʻrta dengiz iqlimi, yozi quruq. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 12°, iyulniki 26°. Togʻlarda qor may oyigacha saqlanadi. Yiliga 600 mm dan 1600 mm gacha (sohil qismida) yogʻin yogʻadi, asosan, qish oylarida. Oʻrta dengiz butalari (frigana) oʻsadi, togʻ tepalari yaylov. Tokzor va zaytunzorlar bor. Donli ekinlar, tamaki ekiladi. Aholi qoʻychilik, baliq ovlash bilan ham shugʻullanadi. Samariya milliy bogʻi tashqil etilgan (togʻ flora va fauvasi muhofaza qilinadi). Antik davr va oʻrta asrlarda qurilgan koʻplab meʼmoriy yodgorliklar (qalʼa, cherkovlar) saqlangan. Asosiy portlari: Iraqlion, Xanya.

Krit – Yevropa madaniyatining eng qadimgi oʻchoqlaridan. Orolda miloddan avvalgi 3-ming yillikda ilk quldorlik davlatlari vujudga kelgan. Miloddan avvalgi XX-XV asrlarda bu davlatlar juda rivojlangan. Miloddan avvalgi I asrda Krit Yunonistoning siyosiy va madaniy hayotida muhim oʻrin tutgan. Miloddan avvalgi 67-yilda orolni rimliklar egallagan. Rim imperiyasi parchalanib ketgandan soʻng (395-yil) Krit Sharqiy Rim imperiyasi, 823—961- yillarda arablar qoʻl ostida boʻldi, 961 – 1204-yillarda Vizantiya tarkibiga kirdi. 1669-yil dan Usmonli turk saltanati tasarrufida. Bolqon urushlarishn soʻng YunonistonTurkiya shartnomasi bilan tasdiklangan 1913-yildagi London sulh shartnomasiga asosan, Krit Yunonistonga oʻtdi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil