Ibn Kasir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ismoil Ibn Kasir (arab. ابن كثير 1300 — 1373 y.) Mamluklar Suriyani boshqargan davrda Shofiʼiylik maktabining juda nufuzli Sunniy olimlaridan boʻlib, tafsir va fiqh mutaxassisi hamda tarixchi boʻlgan.

Tarjimai hol[tahrir]

Toʻliq ismi Abu al-Fido Ismoil ibn Umar ibn Kasir ( ‏أبو الفداء إسماعيل بن عمر بن كثير) boʻlib, Imoduddin (dinning ustuni) deb sharaflangan. Hijriy 700 (milodiy 1301) yilda Suriyaning Damashq sharqidagi Busro shahrining Mijdal qishlogʻida tavallud topgan. Ibn Taymiya va az-Zahabiylardan taʼlim olgan.

Oʻsha davrdagi Suriyaning etuk olimlaridan boʻlmish Al-Mizziyning qiziga uylanadi va shu bilan olimlar jamiyatiga qoʻshiladi. 1345 yilda qaynotasining vatani boʻlmish Mizzada qurilgan yangi masjidda xotib boʻlib tayinlanadi. 1366 yilda Damashqning Buyuk Masjidida mutaxassis darajasiga koʻtariladi.

Hayotining soʻngida koʻr boʻlib qoladi. Koʻr boʻlishining sababi qilib Ahmad Ibn Hanbalning Musnadini rivoyatchi emas balki mavzu boʻyicha tartibga solish uchun kechasilari kech ishlaganlikda qilib koʻrsatgan. Damashqda 1373 yil (774-hijriy) fevral oyida vafot etgan.

Ishlari[tahrir]

Tafsir[tahrir]

Ibn Kasir Qurʼon uchun „Tafsirul Qurʼanil aziym“ nomli mashhur sharhni yozgan. Kitobda Qurʼonning oyatlari hadislar bilan bogʻlab tushuntirilgan. Bu kitob undan oldinroq yozilgan At-Tabariyning „Tafsir at-Tabariy“ tafsirining qisqacha bayoni hisoblanadi. Qurʼonning har bir oyat va surasini tushuntirishda hadis ishlatilganligi sababli kitob juda mashhur.

Misrlik olim Ahmad Muhammad Shokir (1892-1958) Ibn Kasirning tafsirini tahrirlab besh jildli „Umdat at-Tafsir“ qilib 1956-1958 yillarda chop etgan.

Hadis[tahrir]

„Al-Jomiʼ“ (‏الجامع) qomusiy foydalanishga moʻljallangan Hadis matnlarining yirik toʻplami. „Taxriyju ahadisi adillatit tanbih fiy fiqhish shofiiyya“ni ham yozgan.

Tarix[tahrir]

Ibn Kasirning „Al-Bidoya van Nihoya“ (‏البداية والنهاية) (Boshlanish va oxiri) kitobi Islom tarixshunosligiga oid eng taniqli ishlardan hisoblanadi. Kitob dunyoning yaratilishidan oxirigacha boʻlgan „universal“ tarix va Islom esxatologiyasini oʻz ichiga oladi. Kitobda paygʻambarlar va oldingi xalqlar haqida hikoyalar, Paygʻambarning Siyrati va uning davrigacha boʻlgan islom tarixi haqida gapirilgan. Bundan tashqari u qiyomatning alomatlari haqida „Al-Fitan“ kitobini yozgan. Bu kitob Ibk Kasir davridagi siyosat haqidagi maʼlumotlari bilan qiymatli. Kitob birinchi boʻlib Qohirada 1932-1939 yillarda tahrirlanib, undan keyin ham bir necha bor tahrirlangan.

Muhammadning hayoti va Qissas al-Anbiyo (Islom paygʻambarlari va Eski Ahd qahramonlari haqidagi rivoyatlar toʻplami) haqida „As-Siyra an-Nabaviya“ni ham yozgan.

„Tabaqot ash-Shofiiyya“

Boshqa[tahrir]

„Jomiʼul masaniyd vas sunanil hadiy liaqvami sunan“ kitobida Ibn Kasir Imom Ahmad bin Hanbal, Al-Bazzar, Abu Yaʼla Al-Mavsili, Ibn Abi Shaybalardan, hamda oltita hadis toʻplamidan (Al-Buxoriy va Muslimning ikki sahihlari va toʻrt Sunanlar — Abu Dovud, At-Termiziy, An-Nasai va Ibn Majah) hikoyalarni yiqqan. Ibn Kasir bu kitobni Fiqhning boʻlimlari boʻyicha boʻlib chiqqan. „Tabaqot ash-Shofiiyya“ (Shofiiy olimlarining darajalari) kitobida esa Ibn Kasir Sahih al-Buxoriyni tushuntirishni boshlagan, ammo uni tugatmagan. Ahkam (Qonunlar) haqida katta jildni yozishni boshlagan, lekin faqat Haj marosimlarigacha yozgan. Al-Baihaqiyning „Al-Madxal“ini ham qisqacha bayonini yozgan. Bu kitoblarning koʻpisi chop etilmagan.

Eslatmalar[tahrir]

Adabiyotlar[tahrir]

  • Norman Calder, 'Tafsir from Tabari to Ibn Kathir, Problems in the description of a genre, illustrated with reference to the story of Abraham', in: G. R. Hawting / Abdul-Kader A. Shareef (eds.): Approaches to the Qur’an, London 1993, 101-140 sahifalar.
  • Jane Dammen-McAuliffe, 'Quranic Hermeneutics, The views of al-Tabari and Ibn Kathir', in: Andrew Rippin (ed.): Approaches to the history of the interpretation of the Qur’an, Oxford 1988, 46-62 sahifalar.

Tashqi Havolalar[tahrir]