Iskandariya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iskandariya Issiqlik Energiya Stansiyasi

Iskandariya, Aleksandriya — MAP shimolidagi shaxar, Iskandariya muhofazasining maʼmuriy markazi. Oʻrta dengiz sohilida, Nil daryosi delta-sining gʻarbiy qismida. Aholisi 3,4 mln. kishi (1996).

Miloddan avvalgi 332—331 yillarda Aleksandr Makedoniyalik qurdirgan, Ptolemey davrida (mil. av. 305 — 30 y.lar) Misr poytaxti boʻlgan. Antik dunyoning ilmiy va madaniy markazlaridan biri. 1-asrda Iskandariya eng katta shaharlardan (Rimdan keyin) boʻlib, unda taxminan 1 mln. aholi yashagan. Iskandariyada dunyoda eng boy kutubxona boʻlgan [q. Aleksandriya (Iskan-dariya) kutubxonasi]. 7-asrda Iskandariyani arablar egallagan. Qohira shaxri qurilgach (961 y.), Iskandariyaning mavqei pasaydi. 1517 y. Iskandariya usmonli turklar tasarrufiga oʻtdi. Muhammad Ali davrida (19-a. boshlari) Iskandariyada katta qurilishlar amalga oshirildi; kemasozlik korxonasi qurildi va Mahmudiya kanali qazildi. 1856 y. Iskanariya bilan Qohira oʻrtasida t. i. oʻtkazildi. Angliya Misrni bosib olgach (1882 i.), Iskanraiyada chet el banklari, kompaniyalari, vakolatxonalari ochildi; portdan Angliya harbiy kemalari turadigan joy sifatida foydalanildi. Shaxar Misr milliy ozodlik harakatlarining (20-a.ning 20—50-y.lari) asosiy markazlaridan biri boʻlgan.

Iskandariya iqtisodiy mavqei jihatidan mamlakatda Qohiradan keyin 2-oʻrinda. Yirik transport va savdo markazi. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. MARning asosiy dengiz porti (okean kemalari ham kira oladi); kema katnaydigan Mahmudiya kanali orqali Nil bilan bogʻlangan. Suvaysh sh.dan Iskandariyaga Qohira va Tanta orqali neft quvuri oʻtkazilgan. Iskandariya porti orqali mamlakat tashqi savdo yuklarining 80 % oʻtadi (yuk ortib-tushirish 20 mln. t). Kema-sozlik va kema remonti, mashinasozlik va metallsozlik, neft, kimyo, sement, radio-texnika, toʻqimachilik, oziq-ovqat, koʻn poyabzal sanoatlari, hunarmandchilik rivojlangan.

I. eski shahar va yangi shahardan iborat. I.ning qad. qismida koʻchalar toʻgʻri toʻrtburchak asosida kesishgan (mil. av. 4-a.da yunon meʼmori Deynokrat loyihasi asosida bunyod etilgan); Pompey (yoki Diokletian) kolonnasi deb ataluvchi ustun, nekropollar, katakombalar saqlangan. I. bilan damba (koʻtarma) orqali tutashtirilgan Faros o.da mil. boshlarida „dunyoning yetti moʻjizasi“ dan biri sanalgan minora (mayoq) boʻlgan (hoz. uning oʻrnida arablar bunyod etgan qalʼa qoldiklari bor). I.ning yangi qismida keng koʻchalar, xushman-zara dengiz boʻyi, zamonaviy koʻp qavatli shinam binolar, savdo muassasalari, dengiz vokzali, masjidlar, qasr-muzeylar (Ras at-Tin, 19-a. boshi; Muntazo saroyi, 20-a. boshi; Muhammad Ali muzeyi, 20-a.), At-Tahrir markaziy maydoni (19-a. 2-yarmi), universitet, ilmiy tadqiqot institutlari, koʻplab muzey (jumladan, dengiz muzeyi, nafis sanʼat muzeyi), Milliy kutubxona va b. bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil