Hojib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hojib (arab. — xizmatkor) — 1) Somoniylar, Qoraxoniylar, Sal-juqiylar kabi oʻrta asr saltanatlarida hukmdor qabulxonasi boshligʻi, E1PIK ogʻa. Saroy kotiblari. xazinachi va boshqa unga bevosita boʻysunganlar. Xorijiy yurtlardan kelgan elchilar hukmdor qabuliga kirishdan oldin H. bilan uchrashgan. H.dan davlat ishlarida hushyor boʻlish, sir saqlash, mamlakat gʻanimlari, muxoliflari bilan muzo-karalar yurita olish qobiliyati talab qilingan. Saltanat, hukmdor oldidagi salmoqli xizmati evaziga H.ga xos H. yoki ulugʻ H. unvonlari berilgan. Manbalar zarurat tugʻilganda H.ning harbiy harakatlarda ham ishtirok etganligidan shahodat beradi. Moʻgullar davridan eʼtiboran H. vazifasini bajaruvchi shaxs "shigʻa-vul" atamasi bilan atalgan.

Abulfazl Bayhaqiyning "Taʼrixi Masʼudiy" asarida yozilishicha, H.lar ulugʻ H., saroy H., navbatchi H. H.-jomador kabi turli darajadagi man-sablarni egallashgan. Rasmiy marosimlarda ulugʻ H. oliy hukmdorga eng yaqin joyni egallagan. Janglarda ulugʻ H. qoʻshinning masʼuliyatli qismlaridan biri — chap qanotga qoʻmondonlik qilgan. H.lar odatda qora chakmon va 2 uchli kuloh kiyib yurganlar; 2) Oʻrta Osiyo xonliklarida darvozabon.