Dirham

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dirham (yun. drochme) — 1) 7-asr oxiri (695 y.)dan 14-asr gacha Osiyoning musulmon mamlakatlarida, Shim. Afrika va Ispaniyada muomalada boʻlgan pul birligi — kumush tanga. 14-asr oxiridan boshlab kumush pul "tanga" nomi bilan atala boshladi. D. Hindistonda boburiylar davrida 16-asrda ham zarb qilingan; 2) Birlashgan Arab amirliklari pul birligi. 1 D.= 100 file. Xalqaro ifodasi AED. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari=3,67 D.; 3) Marokko milliy pul birligi. 1959 y. okt.dan muomalaga kiritilgan. 1 D.= 100 sentim. Xalqaro ifodasi MAD. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari=9,6 D. (2001, avg .); 4) Misr va Sudanda qimmatbaho metallar oʻlchov birligi (vazni 3,12 g).

Iroqiy dirham = vazni 3,17 gr.

Hijoz dirham = vazni 2,975 gr(≈ 3 gr).


Adabiyot[tahrir]