Kontent qismiga oʻtish

Christiane Nüsslein-Volhard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Christiane Nüsslein-Volhard
Tavalludi 20-oktyabr 1942-yil (1942-10-20) (81 yosh)
Fuqaroligi Germaniya
Taʼlimi Goethe Universiteti
Tübingen Universiteti (PhD)
Veb-sayti eb.tuebingen.mpg.de/research/emeriti/research-group-colour-pattern-formation.html

Christiane Nüsslein-Volhard (nemischa: Christiane Nüsslein-Volhard; 1942-yil 20-oktabrda tugʻilgan, Magdeburg, Germaniya) – nemis biologi, Maks Plank jamiyati tarkibidagi Rivojlanish biologiyasi instituti direktori, falsafa fanlari doktori (1973), professor (1985-yildan), fizika va tibbiyot boʻyicha 1995-yilgi Nobel mukofoti laureati (E. Wieschaus va E. Lewis bilan birgalikda)[1][2].

Christiane Nüsslein-Volhard 1942-yil 20-oktyabrda Magdeburgdagi arxitektor Rolf Volxard va bolalar bogʻchasi oʻqituvchisi Brigitte Haas Volhard oilasida besh farzandning ikkinchisi boʻlib tugʻilgan[3]. Uning toʻrt akasi, uchta singlisi va bir ukasi bor. Christiane oʻzi oʻsib ulgʻaygan Frankfurtdagi maktabga borgan. Uning bobosi kimyogar Jeykob Volhard edi[4][5].

Christiane bolaligidayoq biolog boʻlini orzu qilgan. Yosh Christiane maktabni oʻrtacha baholar bilan tugatgan boʻlsa-da, oʻqituvchilar uning isteʼdodiga allaqachon tan berishgan edi. Christiane maktabni tugatib bio-kimyoni oʻrganish uchun Tübingenga boradi. U yerda Christiane DNKni oʻrganish boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini olgan. 1975-yildan boshlab u Bazeldagi laboratoriyada ishlay boshlagan va u yerda E. Wieschaus bilan tanishgan. 1978-yilda ular Geydelbergda molekulyar biologiya laboratoriyasida ishlaganlar. 1980-yilga kelib Christiane va Wieschaus Nature jurnalida oʻzlarining ilk maqolalarini nashr etishgan. 1981-yilda ular Nüsleyn-Volxard Tübingendagi laboratoriyada oʻz faoliyatini boshlashgan. Bu yerda ular Drosophila ustida tatqiqot ishlarini amalga oshirishgan. 1985-yildan Christiane Maks Plank jamiyatiga qarashli Rivojlanish biologiyasi institutiga direktor etib tayinlangan[6][7].

2004-yilda Christiane oʻz nomidan (Christiane Nüsslein-Volhard Stiftung) jamgʻarmaga asos solgan. Bu jamgʻarma yosh nemis olima ayollariga bola parvarishi va uy ishlarida yordam berish uchun ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan[8].

2016-yilda Christiane Greenpeace, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Butun dunyo hukumatlarini genetik jihatdan oʻzgartirilgan organizmlarga (GMO) qarshi kurashni toʻxtatishga chaqiruvchi xatiyani imzolagan[9][10][11].

  1. „Eric Wieschaus and Christiane Nüsslein-Volhard: "Collaborating to Find Developmental Genes"“. ibiology.org. 2017-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-sentyabr.
  2. „CNV Stiftung – Startseite“. www.cnv-stiftung.de. 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 9-oktyabr.
  3. Lara Marks „A biography of Christiane Nüsslein-Volhard“. 2018-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Kathy Weston „An interview with Nobel Laureate Janni Nüsslein-Volhard“. Cell Press (2017-yil 8-dekabr). 2021-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-oktyabr.An interview with Christiane Nüsslein-Volhard (Wayback Machine saytida 2018-10-09 sanasida arxivlangan), 2017
  5. „Nobelpreis für Nüsslein-Volhards Neffen“. 2021-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-oktyabr.
  6. Nüsslein-Volhard, Christiane (1974). Zur spezifischen Protein-Nukleinsäure-Wechselwirkung : die Bindung von RNS-Polymerase aus Escherichia coli an die Replikative-Form-DNS des Bakteriophagen fd und die Charakterisierung der Bindungsstellen (PhD thesis). University of Tübingen. OCLC 793770536.
  7. „Christiane Nüsslein-Volhard – Nobel Lecture: The Identification of Genes Controlling Development in Flies and Fishes“. nobelprize.org. 2006-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2004-yil 25-oktyabr.
  8. „2011 | Laureation address – Dr Christiane Nüsslein-Volhard | University of St Andrews“ (deadlink). 2016-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-iyul.
  9. „107 Nobel laureates sign letter blasting Greenpeace over GMOs“. 2016-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-iyun.
  10. „Laureates Letter Supporting Precision Agriculture (GMOs)“. 2016-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-iyun.
  11. „Список нобелевских лауреатов подписавших письмо“. 2017-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-iyun.