Magdeburg
Magdeburg | |
---|---|
aholi punkti | |
52°8′0″N 11°37′0″E / 52.13333°N 11.61667°EKoordinatalari: 52°8′0″N 11°37′0″E / 52.13333°N 11.61667°E | |
Mamlakat | Olmoniya |
Olmoniya yerlari|Yer | Saksoniya-Anhalt |
Hukumat | |
• Oberburgomistr | Lutz Trümper |
Maydon | 200,95 km2 |
Markazi balandligi | 56 m |
Aholisi (2010) |
231 525 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Telefon kodi | 0391 (03928 для Пехау, Рандау-Каленберге) |
Pochta indeks(lar)i | 39104-39130 |
Avtomobil kodi | MD |
Rasmiy kodi | 15 0 03 000 |
Magdeburg — Germaniyadagi shahar, Saksoniya-Anxalt yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 239,4 ming kishi (1998). Magdeburg va avtomobil yoʻllari tuguni, Elba daryosidagi port. Mamlakatning muhim sanoat va savdo-transport markazlaridan. Ogʻir mashinasozlikning yirik markazi. M.da umumiy mashinasozlik, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, priborsozlik, daryo kemasozligi rivojlangan. Shuningdek, kimyo, kimyofarmatsevtika, oziq-ovqat, tikuvchilik, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. M. — mamlakatning madaniy markazlaridan: milliy teatr, Yangi shahar teatri (1876) madaniytarixiy muzey, roman cherkovi (11 — 13-asrlar), gotika sobori (13— 16-asrlar) va boshqa bor. Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 805 yilda tilga olingan. 968 yildan Magdeburg arxiyepiskopligi markazi, Ganzanyant muhim shaharlaridan hisoblanadi.[1]
Magdeburg Olmoniyaning Saksoniya-Anhalt yerida joylashgan aholi punktidir. Maydoni – 200,95 km2. 231525 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |