Bazel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

BazelShveysariyaning shim. chekkasidagi shahar, Bazel-Shtadt yarim kantonining maʼmuriy markazi. FransiyaGFR chegarasi yaqinida, Reyn daryosidagi port. Aholisi 170 ming kishi (1990, shahar atrofi bilan 360 ming), koʻpchiligi nemis tilida soʻzlashadi. B. kattaligi jihatdan mamlakatda 2-oʻrindagi shahar. Xalqaro aeroport bor. Yirik savdo, moliya va sanoat hamda madaniyat markazi. Kimyo, poligrafiya, mashinasozlik, qurilish va metallsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. B.da har yili yarmarka oʻtkaziladi. Xalqaro bank joylashgan. Universitet (1460 yildan), tarix va etnografiya muzeyi bor. Dastlab 374 yilda Baziliya deb qayd etilgan. 1501 yildan Shveysariya konfederatsiyasi tarkibida. 15-asr oxiri, 16-asrda Yevropadagi savdo, kredit operatsiyalari, hunarmandchilik markazlaridan biri boʻlgan. 1833 yilda mustaqil yarim kanton huquqini qoʻlga kiritgan. 11 — 19-asrlar meʼmoriy yodgorliklari: roman-gotika sobori (1185 — 1200), ratusha (1504 — 1608) saqlangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil