Abdukodir Toshkulov
Toshqulov Abduqodir Hamidovich | |
---|---|
![]() | |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri | |
Mansab davri 2021-yil 14-yanvar — | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Inomjon Majidov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
29-avgust 1976-yil (45 yosh) Surxondaryo viloyati Boysun tumani |
Fuqaroligi |
![]() |
Maʼlumoti | Termiz universiteti |
Mukofotlari |
![]() |
Abduqodir Hamidovich Toshqulov (1976-yil 29-avgust, Surxondaryo viloyati Boysun tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri.[1] [2] [3]. Iqtisodiyot fanlari doktori.[4][5][6]
Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1998-yil Termiz universitetining moliya va kredit mutaxassisligini tamomlagan. Oʻqishni tamomlagach universitetning moliya va soliq tizimi kafedrasida oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi vazifalarida ishlagan.
- 2002-2004 Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti ilmiy tadqiqotchisi, Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi sifatida faoliyat olib borgan.
- 2004-2006 - Termiz davlat universiteti Moliya kafedrasi mudiri, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti Surxondaryo viloyati filiali rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
- 2006-yildan oʻzining mahalliy davlat boshqaruv organlarida faoliyatini Surxondaryo viloyati hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi vazifasidan boshlagan. 2010-yilgacha ushba lavozimda ishlagan, bir vaqtning oʻzida ilmiy-pedagogik faoliyatini ham davom ettirib, oʻrindoshlik asosida Termiz universiteti moliya kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat yuritgan. 2010-yildan boshlab mamlakat siyosiy hayotidagi jarayonlardagi ishtirokini boshlagan.
- 2010-2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi,
- 2019-2021 - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi sifatidada faoliyat koʻrsatgan.
- 2017-2021 - Termiz davlat universiteti rektori lavozimida ishlagan.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi 6141-son farmoni bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri[7] lavozimiga tayinlangan.
Ilmiy-pedagogik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oliy taʼlim tizimida oʻqituvchi vazifasidan rektor lavozimigacha ishlagan. Termiz davlat universitetida moliya va soliq tizimi kafedrasi oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi (1998 — 2020 yy.), iqtisodiyot-moliya fakulteti dekani oʻrinbosari (2004 — 2005 yy.), moliya kafedrasi mudiri (oʻrindoshlik asosida, 2006 — 2010 yy.) vazifalarida ishlagan. 2002 — 2003-yillarda Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti ilmiy tadqiqotchisi, 2003 — 2004-yillarda Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi sifatida ilmiy izlanishlar olib borgan. 2017 — 2021-yillarda Termiz davlat universiteti rektori lavozimida ishlagan. AQSH, Yevropaning qator davlatlari, Yaponiya, Turkiya va Rossiya Federatsiyasida ilmiy malaka oʻtagan. Germaniya, Yaponiya, Xitoy va Polsha kabi davlatlarda oʻtkazilgan ilmiy anjuman va simpoziumlarda oʻz ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etgan. 100 dan ortiq ilmiy ish, jumladan, 3 ta monografiya, 4 ta oʻquv va uslubiy qoʻllanma, 70 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi, 20 dan ortiq xalqaro sertifikatga ega. Iqtisodiyot fanlari doktori.
Siyosiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi (OʻzLiDeP) aʼzosi. 2005-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ketma-ket ikki marta deputat boʻlib saylangan. (70-Termiz saylov okrugidan saylangan). Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi (2010- 2017-yillar). 2016-yilgi saylov oldi jarayonlarida prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatidagi ishonchli vakili boʻlgan. 2018-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Senati aʼzosi. 2020-2021-yillarda ikkinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi. 2013-yilda oʻtkazilgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti saylovida hamda 2020-yil 20-fevralda Tojikiston Respublikasi Parlamenti deputatligiga oʻtkazilgan saylovda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro kuzatuvchisi (Dushanbe shahri) sifatida qatnashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglament va odob komissiyasi hamda Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi aʼzosi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi jamoatchilik Kengashi aʼzosi, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasiga yordam beruvchi viloyat Ishchi guruhi rahbari, Xalk deputatlari viloyat Kengashi, Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi hamda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyaci raisi sifatida jamoatchilik ishlarida faol boʻlgan.
Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oilali. Toʻrt nafar farzandning otasi.
Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Doʻstlik ordeni (2020-yilda)
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Vazir etib tayinlandi
- ↑ Vazirlik rasmiy sahifasida
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
- ↑ Men Abdukodir Tashkulovni sinab koʻrdim — prezident yangi oliy taʼlim vaziri haqida.
- ↑ Deputatlar oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimiga yangi nomzodni maʼqulladi.
- ↑ Rasman: Abdukodir Tashkulov oliy taʼlim vaziri etib tayinlandi, qator OTMlar rektori oʻzgardi.
- ↑ Vazir lavozimiga tayinlangan
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() ![]() |
![]() |
- 29-avgustda tugʻilganlar
- 1976-yilda tugʻilganlar
- Kishilar
- Surxondaryo viloyatida tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Oʻzbekiston kishilari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Rektorlar
- Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari
- Oʻzbekiston senatorlari
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʻzolari