Ilmiy tadqiqot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniklik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija beri-shi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan boglangan ikki kiyem — tajriba va na-zariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qal qilishda ham keng qoʻllaniladi (yana q. Fan).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil