Termiz universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Termiz davlat universitetidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Termiz universiteti - ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan 1992 yil 15 martda Termiz pedagogika instituti (1955 yilda asos solingan) negizida Termiz shahrida tashkil etilgan. Universitetda 14 ft (fizikamat., tabiiyotgeogr., iqtisodiyot, moliyamenejment, kimyo, oʻzbek va rus filol.si, tarix, xorijiy tillar, industrialped., jismoniy madaniyat, ped. va musiqa, muhandistexnika, ijtimoiygumanitar fanlar, mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash), 48 kafedra, 30 dan ortiq ilmiy va oʻquv laboratoriya, 4 kompyuter sinfi, 2 akademik litsey, biznes maktabi,50 oʻrinli sanatoriyprofilaktoriy, sport majmuasi, milliy ansambl va yosh tomoshabinlar teatri, "Tabassum" quvnoklar va zukkolar klubi, instituternet tarmogʻiga ulangan 3 kutubxona (300 mingdan ortiq asar), 3 qiroatxona bor (2004). Universitetda 27 ixtisoslik [kasb taʼlimi (sohalar boʻyicha), musiqiy taʼlim, milliy istiklol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari, boshlangʻich taʼlim va tarbiyaviy ish, maktabgacha taʼlim, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, kasb taʼlimi (ijtimoiyiqtisodiy soha), kasb taʼlimi (kimyoviy texnologiya va biotexnologiya), kasb taʼlimi (qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini ishlab chiqarish., dastlabki ishlov va saqlash texnologiyasi, agroinjeneriya), filol., oʻzbek tili, ingliz tili, nemis tili, rus tili, tarix, psixologiya, iktisodiyot, menejment, moliya, biol., fizika, geogr., kimyo, mat., amaliy mat. va informatika, transport vositalarini ishlatish va taʼmirlash, agrokimyo va agrotuproqshunoslik, ekologiya va tabiatdan foydalanish] boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi. 6 mutaxassislik boʻyicha aspirantura faoliyat koʻrsatadi. 2002/03 oʻquv yili untda 6700 talaba taʼlim oldi, 536 oʻqituvchi, jumladan, 26 fan doktori va professor, 152 fan nomzodi va dotsent ishladi. Unt Rossiya, Fransiya, GFR, Yaponiya, Gollandiya, Polsha, Ukraina, Avstriya, Bolgariya, Belorussiya, Qozogʻiston, Ozarbayjon olimlari bilan ilmiy hamkorlik qiladi. Unt faoliyati J. Omonturdiyev, Sh. Samatov, X. Rahmonqulov, B. Qodirov, A. Abdullayev, Q. Joʻrayev, U. Umarov, J. Esanov, X. Xudoyberdiyev, S. Tursunov va boshqa professoroʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Universitetda "Termiz universiteti" gaz. nashr etiladi. 2004 yil gacha universitet 27 mingdan ortik, mutaxassis tayyorladi.