Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti
Xalqaro nomi |
Samarkand Agricultural Institute |
|---|---|
| Asos solingan sanasi | 1929 |
| Bakalavriat | 4 Yil |
| Joylashuvi | , |
| Veb-sayti | https://www.ssuv.uz |
|
| |
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
- Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti agrar soha boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti boʻlib, 1929-yilda Oʻzbekiston davlat paxtachilik instituti va
Oʻzbekiston zooveterinariya institutibazasida tashkil etilgan. 1933-yildan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi instituti, 1961-yildan hozirgi nomda. Institut tarkibida (2004):
ftlari va magistratura boʻlimi, 40 ga yaqin kafedra bor. 1995-yildan Respublika litseyinternati faoliyat koʻrsatadi (2004-yilda 222 oʻquvchi taʼlim oldi). Institut krshida maxsus vivariy, dala uchastkalari, oʻquv tajriba xoʻjaligi, parrandachilik boʻyicha mikroferma, veterinariya poliklinikasi, jahon qorakoʻl teri namunalari maxsus muzeyi, institut muzeyi, ilmiy kutubxona (530 mingdan ortik, asar) mavjud. 2003/04 oʻquv-yilida Institutda agronomiya, seleksiya, agrokime va tuproqshunoslik, mevasabzavotchilik, uzumchilik, qorakoʻlchilik, veterinariya, zootexniya, buxgalteriya hisobi, iqtisodiyot, muhandismexanika, teri va moʻyna texnologiyasi va boshqa mutaxassisliklar boʻyicha 3768 talaba oʻqidi, 283 oʻqituvchi, shu jumladan, 31 fan doktori va professor, 155 dotsent va fan nomzodi ishladi. Institut tashkil topgandan beri 30 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi. Aspiranturasi, dissertatsiyalar himoyasi boʻyicha 2 ixtisoslashgan ilmiy kengash bor. Oʻz bosmaxonasiga ega. Darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va „Ilmiy ishlar toʻplamlari“ nashr etadi.[1]
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining „Veterinariya meditsinasi“ institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq 2018-yil 8-mayda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tashkil topgan
https://web.archive.org/web/20150202101322/http://www.samqxi.uz/
