Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
(QarMII)
Xalqaro nomi ingl. KARSHI ENGINEERING ECONOMIC INSTITUTE[1]
rus. КАРШИНСКИЙ ИНЖЕНЕРНО-ЭКОНОМИЧЕСКИЙ ИНСТИТУТ
Asos solingan 1975-yil
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori Orifjon Shodiyevich Bozorov [2]
Talabalari 4860+[3]
Fakultetlar

7 ta

Iqtisodiyot,Muhandislik texnikasi,Geologiya va konchilik ishi,Elektronika va Avtomatika,Energetika,Neft va gaz ishi,Sanoat texnologiya
Bakalavriat 28 ta yoʻnalish[3]
Magistratura 12 ta mutaxassislik[3]
Fan doktorlari 32[3] ta
Oʻqituvchilar 377[3] ta
Manzili Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 225 uy, pochta indeksi: 180100
Vebsayti qmii.uz

Koordinatalari: 38°50′9.2755971987714″N 65°48′32.556177562368″E / 38.835909888110769828°N 65.80904338265621334°E / 38.835909888110769828; 65.80904338265621334 G O

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti — Iqtisodchi, qishloq xoʻjaligi, neft va gaz sanoati, elektr va issiqlik energetikasi, oziqovqat sanoati, kimyoviy texnologiya va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari hamda taʼlim sohasi uchun yuqori malakali muhandislar, iqtisodchi va muhandispedagog bakalavrlar va mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. U Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Qarshi filiali negizida 1992-yilda tashkil etilgan. Institutda 28 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar, 12 ta mutaxassislik boʻyicha magistrlar va doktaranturada 7 ixtisoslik boʻyicha ilmiypedagogik xodimlar tayyorlanadi.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Institutda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash, xalq xoʻjiligi iqtisodiyoti, agronomiya, neft va gaz ishi, elektrotexnologiya sohalari boʻyicha ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. institut qoshida litseyinternat, akademik litsey, biznes maktablari, mutaxassislar malakasini oshirish boʻlimi, "Iqtidorli talabalar bilan ishlash", "Axborot texnologiyalari va masofaviy taʼlim" markazlari, kichik bosmaxona faoliyat koʻrsatadi. Institutda 31 ta kafedra, kutubxona 230 mingdan ortiq kitoblar mavjud. Institut tashkil etilgandan buyon 18 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis va bakalavrlar tayyorlandi. institut Rossiya, AQSH, Germaniya, Turkiya, Latviya, Gretsiya, Litva, Portugaliya, Ruminiya, Polsha va boshqalar mamlakatlarning oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik qiladi. Xususan; Belorusiya Davlat Texnika Universiteti, Ispaniyadagi La Laguna universiteti va boshqalar. Institutda talabalarning dam olish oromgohi, sogʻlomlashtirish markazi, sport saroyi mavjud.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Institut dastavval 1975-yilda tashkil etilgan boʻlib, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali deb yuritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi 356-sonli farmoniga muvofiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutining Qarshi filiali negizida Qarshi agrar - iqtisodiyot instituti tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-iyundagi 211-sonli qaroriga asosan Qarshi agrar - iqtisodiyot instituti va Toshkent davlat texnika universiteti Qarshi filiali negizida Qarshi muhandislik-iktisodiyot instituti tashkil qilingan.

Oʻquv-uslubiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020—2021-oʻquv yilidan boshlab Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida oʻquv jarayoni kredit toʻplash va koʻchirishning Yevropa tizimi — ECTS asosida tashkil qilingan. Davlat taʼlim standarti, oʻquv reja va oʻquv dasturlar (sillabuslar) ECTS tizimi talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan, zamon talablariga mos yangi fanlar kiritilib, fanlarni oʻqitish soatlarining qayta koʻrib chiqilishi taʼminlangan.

Talabalar tomonidan tanlov fanlarni tanlash imkoniyati yaratilgan, ularning mustaqil oʻzlashtirishi masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, oʻquv rejalarida talabalarning mustaqil taʼlim olishiga oʻquv yuklamalarning 60% ajratilishi taʼminlangan.

Fan dasturlari (sillabuslar) xalqaro reytinglarda yuqori 300 talikda boʻlgan oliy taʼlim muassasalari tajribasi asosida 3 ta tilda (oʻzbek, rus, ingliz) tayyorlanib, oʻquv jarayoniga joriy etilgan. Nomutaxassislik fanlari ulushi 22% dan 10% foizga kamaytirildi.

Oʻquv jarayonini tashkil qilishda axborot-kommunikasiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratilib kelingan. Jumladan, 2020—2021-oʻquv yilidan boshlab MOODLE-obyektga yoʻnaltiriiti asosida masofaviy taʼlim platformasi ishga tushirilgan.

Xalqaro hamkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ayni paytda universitet 110 dan ortiq xorijiy taʼlim muassasalari bilan taʼlim va ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlik shartnomalari va almashinuv memorandumlari tuzib ular bilan faol ishlab kelmoqda.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bir qator yirik xalqaro ilmiy va taʼlim loyihalari (Erasmus+, Erasmus Mundus va boshqalar) aʼzosi hisoblanadi.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining xorijiy oliy ta`lim muassasalari bilan tuzgan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari[4]:

1 Ispaniya bayrogʻi Ispaniya Del Pais Vasko

universiteti

Hamkorlik shartnomasi mavjud
2 Ispaniya bayrogʻi Ispaniya "Santiago De Compostella"

universiteti

Hamkorlik shartnomasi mavjud
3 Ispaniya bayrogʻi Ispaniya “Lalaguna” universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
4 Yunoniston bayrogʻi Gretsiya Hellenic Xalqaro universiteti Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
5 Yunoniston bayrogʻi Gretsiya Hellenic O’rta Yer universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
6 Daniya bayrogʻi Daniya Aalborg universiteti Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
7 Chexiya bayrogʻi Chexiya Praga Texnika universiteti Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
8 Avstriya bayrogʻi Avstriya Hayotiy fanlari xususiyuniversiteti Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
9 Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya Karlstads universiteti Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
10 Italiya bayrogʻi Italiya L’Aquila universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
11 Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya HAS Amaliy fanlar universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
12 Makedoniya bayrogʻi Shimoliy Makedoniya Ss. Cyril va Methodius universiteti, Skopye Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
13 Makedoniya bayrogʻi Shimoliy Makedoniya Boltiq xalqaro universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
14 Isroil bayrogʻi Isroil Weizmann ta’lim

instituti

Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
15 Isroil bayrogʻi Isroil Holon texnologiyalar institute Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
16 Isroil bayrogʻi Isroil Hadassah academik kolleji Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
17 Polsha bayrogʻi Polsha Warwick universiteti, Polsha (ALWM) Hamkorlik shartnomasi mavjud
18 Polsha bayrogʻi Polsha Lodz universiteti Polsha Hamkorlik shartnomasi mavjud
19 Polsha bayrogʻi Polsha Torun Nikolas Kopernikus universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
20 Polsha bayrogʻi Polsha Rzeszów texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
21 Polsha bayrogʻi Polsha Varshava texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
22 Polsha bayrogʻi Polsha Silesian texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
23 Polsha bayrogʻi Polsha Opole universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
24 Polsha bayrogʻi Polsha Korxona va boshqaruv kolleji Hamkorlik shartnomasi mavjud
25 Polsha bayrogʻi Polsha Muhandislik va meditsina oliy maktabi Hamkorlik shartnomasi mavjud
26 Polsha bayrogʻi Polsha Gdansk texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
27 Polsha bayrogʻi Polsha Bidgosh iqtisodiyot  universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
28 Polsha bayrogʻi Polsha Lyblin iqtisodiyot oliy maktabi Hamkorlik shartnomasi mavjud
29 Polsha bayrogʻi Polsha Bialistok texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
30 Vengriya bayrogʻi Vengriya MATE universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
31 Vengriya bayrogʻi Vengriya Budapest texnologiya va iqtisodiyot universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
32 Vengriya bayrogʻi Vengriya Nyiregyhaza universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
33 Vengriya bayrogʻi Vengriya Debrecen universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
34 Vengriya bayrogʻi Vengriya Obuda universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
35 Portugaliya bayrogʻi Portugaliya Viado-Castelo politexnika Instituti Hamkorlik shartnomasi mavjud
36 Portugaliya bayrogʻi Portugaliya (ISEG) Iqtisodiyot oliy maktabi, Lissabon universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
37 Portugaliya bayrogʻi Portugaliya Tomar politexnika institute Hamkorlik shartnomasi mavjud
38 Portugaliya bayrogʻi Portugaliya Lissabon texnika oliy maktabi Hamkorlik shartnomasi mavjud
39 Portugaliya bayrogʻi Portugaliya Braganza politexnika Instituti Hamkorlik shartnomasi mavjud
40 Ruminiya bayrogʻi Ruminiya Stefan cel Mare University  of Suceava – Romania Hamkorlik shartnomasi mavjud
41 Ruminiya bayrogʻi Ruminiya Brasov Transilvaniya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
42 Ruminiya bayrogʻi Ruminiya Timisuara politexnika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
43 Ruminiya bayrogʻi Ruminiya Rumin-Amerika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
44 Ruminiya bayrogʻi Ruminiya Buxarest politexnika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
45 Ruminiya bayrogʻi Ruminiya Pitesti  universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
46 Ruminiya bayrogʻi Ruminiya Banat Qishloq xo’jaligi fanlari va veterenariya meditsinasi universiteti, Timisoara Hamkorlik shartnomasi mavjud
47 Ruminiya bayrogʻi Ruminiya Kluj-Napoka texnika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
48 Ruminiya bayrogʻi Ruminiya Dunarea de Jos University of Galati Hamkorlik shartnomasi mavjud
49 Ruminiya bayrogʻi Ruminiya Gheorghe Asachi universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
50 Litva bayrogʻi Litva Litva dengiz osti Akademiyasi Hamkorlik shartnomasi mavjud
51 Litva bayrogʻi Litva Vilnius Gedminas texnika universiteti Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
52 Litva bayrogʻi Litva Litva biznes va tabiiy fanlar universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
53 Latviya bayrogʻi Latviya Riga texnika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
54 Latviya bayrogʻi Latviya Rezekne texnologiya akademiyasi Hamkorlik shartnomasi mavjud
55 Latviya bayrogʻi Latviya Liapeya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
56 Latviya bayrogʻi Latviya Vidzema amaliy fanlar universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
57 Latviya bayrogʻi Latviya Boltiq xalqaro Akademiyasi Hamkorlik shartnomasi mavjud
58 Latviya bayrogʻi Latviya Biznes va boshqaruv Kolleji Hamkorlik shartnomasi mavjud
59 Turkiya bayrogʻi Turkiya Kastamanu universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
60 Turkiya bayrogʻi Turkiya Bingol universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
61 Turkiya bayrogʻi Turkiya Sankiri Karatekin universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
62 Turkiya bayrogʻi Turkiya Adnan Menderes universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
63 Bolgariya bayrogʻi Bolgariya D.A Tsenov nomidagi iqtisodiyot va biznes Akademiyasi Hamkorlik shartnomasi mavjud
64 Bolgariya bayrogʻi Bolgariya Varna texnika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
65 Bolgariya bayrogʻi Bolgariya Yangi Sofiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
66 Bolgariya bayrogʻi Bolgariya Plovdiv oziq-ovqat texnologiyalari universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
67 Serbiya bayrogʻi Serbiya Prometey amaliyva yuridik fanlar kolleji Hamkorlik shartnomasi mavjud
68 Serbiya bayrogʻi Serbiya Belgrad texnika fanlari akademiyasi Hamkorlik shartnomasi mavjud
69 Serbiya bayrogʻi Serbiya Kraguyevak universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
70 Kosovo Mitrovika ‘Isa Boletini’ universiteti Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
71 Kosovo Universum Kolleji Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
72 Kosovo Pristina universiteti Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
73 Rossiya bayrogʻi Rossiya I.M Gubkin nomidagi neft va gaz Rossiya Davlat universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
74 Rossiya bayrogʻi Rossiya K.A Timiryazev nomidagi Moskva Davlat qishloq xo’jaligi Akademiyasi Hamkorlik shartnomasi mavjud
75 Rossiya bayrogʻi Rossiya Rossiya Federatsiyasi birinchi Prezidenti B.Yelsin nomidagi Ural Federal universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
76 Rossiya bayrogʻi Rossiya Tabiiy suvlardan oqilona foydalanish Moskva Davlat Universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
77 Rossiya bayrogʻi Rossiya Moskva davlat avtomobilva yo'llari texnika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
78 Rossiya bayrogʻi Rossiya N.E Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
79 Rossiya bayrogʻi Rossiya Moskva energetika institute Hamkorlik shartnomasi mavjud
80 Rossiya bayrogʻi Rossiya G.V Plexanov nomidagi Rossiya davlat iqtisodiyot universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
81 Rossiya bayrogʻi Rossiya Astraxan davlat arxitektura va qurilish universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
82 Rossiya bayrogʻi Rossiya P.A Stolipina nomidagi Omsk davlat agrar universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
83 Rossiya bayrogʻi Rossiya Ryazan Davlat radio muhandislik universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
84 Rossiya bayrogʻi Rossiya Kuban davlat universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
85 Rossiya bayrogʻi Rossiya Sochi davlat universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
86 Rossiya bayrogʻi Rossiya Kuban davlat texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
87 Rossiya bayrogʻi Rossiya Shimoliy  Ural orti davlat agrar universiteti (Tyumen) Hamkorlik shartnomasi mavjud
88 Rossiya bayrogʻi Rossiya Boshqir davlat agrar universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
89 Rossiya bayrogʻi Rossiya Orenburg davlat universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
90 Rossiya bayrogʻi Rossiya Ufa davlat neft-gaz texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
91 Rossiya bayrogʻi Rossiya Kazan davlat energetika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
92 Rossiya bayrogʻi Rossiya Lipetsk davlat texnika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
93 Rossiya bayrogʻi Rossiya Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
94 Belorussiya bayrogʻi Belarus Belarussiya milliy texnika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
95 Belorussiya bayrogʻi Belarus Polotsk davlat texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
96 Belorussiya bayrogʻi Belarus Mogilev davlat sanoat universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
97 Belorussiya bayrogʻi Belarus Gomel davlat universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
98 Belorussiya bayrogʻi Belarus Belarussiya qishloq xo’jaligi Akademiyasi Hamkorlik shartnomasi mavjud
99 Belorussiya bayrogʻi Belarus Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
100 Belorussiya bayrogʻi Belarus Yanka kupala nomidagi grodnensk davlat universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
101 Ukraina bayrogʻi Ukraina Jitomir politexnika davlat universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
102 Ukraina bayrogʻi Ukraina Jitomir agro ekologiya milliy universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
103 Ukraina bayrogʻi Ukraina Qishloq xo’jalik Iqtisodiyot iInstituti Hamkorlik shartnomasi mavjud
104 Ukraina bayrogʻi Ukraina Ukraina hayot va atrof-muhit fanlari milliy universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
105 Gruziya bayrogʻi Gruziya Gruziya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
106 Xitoy bayrogʻi Xitoy Xitoy konchilik va texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
107 Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi Kyungwoon university Hamkorlik shartnomasi mavjud
108 Malayziya bayrogʻi Malayziya Petronas Texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
109 Tunis bayrogʻi Tunis Kairun universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
110 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston Tojik davlat moliya va iqtisodiyot universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
111 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston Shirinsho Shotemur nomidagi Tojik agrar universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
112 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston M.Auezov nomidagi Qozog’iston davlat universtiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud

Axborot-resurs markazi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kutubxona oliy oʻquv yurtining alohida tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, koʻplab faoliyat sohalarini (oʻquv, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy) qamrab oladi hamda universitetning taʼlim, ilmiy va madaniy jarayonlarida faol ishtirok etadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. <span lang="(ingl.)" xml:lang="(ingl.)">„KARSHI ENGINEERING ECONOMIC INSTITUTE“ ((ingl.)). University Directory. Qaraldi: 17-iyul 2014.
  2. <span lang="(rus.)" xml:lang="(rus.)">„КАРШИНСКИЙ ИНЖЕНЕРНО-ЭКОНОМИЧЕСКИЙ ИНСТИТУТ“ ((rus.)). goldenpages.uz. Qaraldi: 17-iyul 2014. [sayt ishlamaydi]
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „TIMI tarixi“. TIMI. Qaraldi: 17-iyul 2014. [sayt ishlamaydi]
  4. „Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining xorijiy oliy ta`lim muassasalari bilan tuzgan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari“.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]