Mirishkor tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mirishkor tumani - Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 2003-yil 6-yanvarida Usmon Yusupov va Bahoriston tumanlarining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan. M.t. Qashqadaryo viloyatining janubi-g'arbida joylashgan. Tuman shimoldan Muborak, sharqdan Kasbi, Qarshi, Nishon tumanlari, garbdan Buxoro niloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlari, janubdan Turkmanistonning Lsbap viloyati bilan chegaradosh. M.t.da 12 fuqarolar yigini (Avazchoʻl, Vori, Guliston. Gulshanbog' , Jeynov, Mirishkor, Navbahor, Obod, Pomuq, Chamanzor, Chandir, Yangiobod) bor. Maydoni 3,1 ming km2. Aholisi 87,2 ming kishi (2005). Eng yirik aholi punti -Jeynov shaharchasi (26,4 ming kishi) Tuman markazi - Yangi Mirishkor qishlogʻi.

Tabiati. Tuman hududi Qarshi choʻli zonasida joylashgan. Relyefi, asosan, tekisliklardan iborat boʻlib, sharqdan jan.g'arb tomon biroz pasayib boradi (Qorabuloq botig'ida 280 m gacha pasayadi). M.t. huludidagi qirlardan chorva uchun yaylov sifatida foydalanilali.

Tumanning garbiy va jan. hududi yarim mustahkamlapgan qumli maydonlar bilan band. Koʻchma qum barxanlari, eol-akkumulyativ, yaʼni shamol yotqiziqli qumtepa-joʻyakli relyef shakllari, gil yotqiziqli yassi yuzali tekisliklar bor. Toʻrtlamchi davrning choʻkindi yotqi-ziqlari tagida neogen va paleogen davrining giltosh, qumtosh, ohaktosh, gips-angidritli dengiz yotqiziqlari, boʻr va yura davrlarining issiq va sernam sharoitli dengiz yotqiziqlari uchraydi. M.t.da bir qancha berk botiqlar: Qorabuloq, Depgizkoʻl, Xoʻjam Sayot, Qirqchashma va b. bor. Ularda shifobaxsh balchiqlar, tuz qatlamlari hosil boʻlgan. Tuman hududida Alang , Pomuq, Kultog , Koʻkdumaloq, Oʻrtabuloq, Zevardi, Dengizkoʻl kabi neft, gaz va kondensatga boy konlar mavjud.

Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati 2°, iyulniki 28°— 29,5°. Yozi issiq, quruq, davomli. Eng past harorat —28°, eng yuqori harorat 47°. Yozda garmsel shamoli taʼsirida oʻt-oʻlanlar qurib qoladi. Vegetatsiya davri 242 kun. Yillik yogʻin 130—200 mm. Tuproqlari gil, shoʻrxok, oʻtloq, oddiy boʻz tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan juzgʻun, iloq, silen, shayton-kovush, karrak, qizil qandim, yetmak, saksovul, shuvoq, shoʻra, tuyaqorin, yantoq, qoʻngʻirbosh, lolaqizgʻaldoq, qamish, yalpiz, isiriq, chitir, chuch-moma, zira va b. oʻsadi. Yovvoyi xayvonlardan tulki, chiyaboʻri, jayron, sichqon, kalamush, tipratikan, yumronqoziq, sudraluvchilardan echkemar, kaltakesak, har xil ilonlar; qushlardan tustovuq, kaptar, chumchuq, burgut, turna, laylak, qaldirgʻoch, musicha, sassiqpopishak va b. bor. Tuman yerlari Amudaryodan suv oladigan Mirishkor kanalidan sugʻoriladi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, arab, turkman, tojik, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Aqoli zichligi 1km’ ga oʻrtacha 28,1 kishi (2005).

Xoʻjaligi. Tumanda 2300 ga yaqin korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston — Isroil "Eynab" qoʻshma korxonasi ishlab turibdi. 250 dan ziyod maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi mavjud. 1500 fermer xoʻjaligi faoliyat yuritadi. 2177 kichik korxopa bor. Paxtachilikka 2 ta, qorakoʻlchilikka 2 ta shirkat xoʻjaligi ixtisoslashgan.

Q.x.ning asosiy sohalari paxtachilik, donchilik va chorvachilik. Tumanlagi umumiy yer mayd. 312,5 ming ga, shuningdek, 53,9 ming ga yer haydaladi, shu jumladan, 23 ming ga yer paxta, 24,7 ming ga yer gʻalla bilan band. Shuningdek, sabzavot, poliz, kar-toshka, meva, uzum, sut, goʻsht, pilla, qorakoʻl teri va b. mahsulotlar yetishtiriladi.

M.t.dagi xususiy va jamoa xoʻjaliklarida 30,5 mingga yaqin qoramol, 170 ming dan ziyod qoʻy va echki, 39,2 ming parranda, 310 yilqi bor (2004). Tumanda 38 umumiy taʼlim maktabi, 3 litsey va ixtisoslashtirilgan maktablarda 22,4 ming oʻquvchi taʼlim oladi. 3 kasb-hunar kolleji (2 mingga yaqin oʻquvchi), bolalar musiqa maktabi faoliyat koʻrsatadi. 9 klub muassasasi, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, 26 kutubxona (144 ming nusxa asar) bor.

Korxona va tashkilotlarda 50 jismoniy tarbiya va sport jamoalari tashkil etilgan. Sport bilan doimiy ravishda qariyb 11 ming kishi shugʻullanadi.

4 kasalxona, ambulatoriya, 9 qish-doq vrachlik punkti va b. tibbiy muassasalar aholiga xizmat qiladi. Tibbiy muassasalarda jami 358 davolash oʻrni mavjud (har 10 ming kishiga 117 oʻrin). 1978 y. 1 apreldan "Mirishkor mashʼali" tuman ga.z. nashr etiladi (adadi 745 nusxa, 2005 y.).

Latif Erdonov, Ovod Joʻraqulov, Mahliyo Sohibova.