Miroqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Miroqi
Shaharcha
Miroqi qishlogʻi (Qashqadaryo viloyati)
39°2′0″N 67°7′25″E / 39.03333°N 67.12361°E / 39.03333; 67.12361 G OKoordinatalari: 39°2′0″N 67°7′25″E / 39.03333°N 67.12361°E / 39.03333; 67.12361 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Shahrisabz tumani
Qachondan beri shaharcha 1986
Vaqt mintaqasi UTC+5
Miroqi xaritada
Miroqi
Miroqi

Miroqi — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan qishloq. 1986-yil 27-mayda shaharcha maqomini olgan[1].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miroqi shaharchasidan viloyat markazi (Qarshi shahri) gacha 127 km, tuman markazigacha 16 km masofa mavjud. Shaharchaga eng yaqin temir yoʻl stansiyasi — Kitob (29 km) shahrida joy olgan. Shaharcha Oqsuv daryosi boʻyida joylashgan. Shahar hududida Miraki dam olish maskani joylashgan. Miroqi Hisor tizmasi togʻlarida dengiz sathidan 1000 metr balandlikda joy olgan. Miroqi yaqinida Gissarak suv ombori bor[2].

Miraki dam olish maskani[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miraki dam olish maskani Qashqadaryo viloyatidagi eng mashxur dam olish sanatoriyalaridan biri hisoblanadi. U yer 1993-yildan buyon oʻz faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. Sanatoriya maydoni 20.5 gektarni tashkil etadi[3].

Bu yerda iqlimning yaxshiligi va havoning tozaligi sababli ham doimiy gavjum. Dam olish maskani zamonaviy tibbiy asbob uskunalar bilan jihozlangan. U yerda shuningdek, kinoteatr, sauna, bilyard xonalari, fitobar va choyxona ham mavjud[4].

Dam olish maskanida davolanuvchilarning vaqtini maroqli oʻtkazish uchun Munavvar vodiysi, Qora daryo darasi, Gelon qishlogʻi, Hazrati Sukor ota togʻalari, Mingchinor sharsharasiga sayohatlar amalga oshiriladi. Sihatgoh asosan yoz oylarida gavjum boʻladi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharchaning umumiy aholisi 7,9 ming kishini tashkil etadi (2002-yil). Aholining asosiy etnik tarkibini oʻzbeklar, tojik, tatr, rus va boshqa millat vakillari tashkil etadi.

Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharchada mahalliy sanoat korxonalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar, musiqa maktablari, kutubxona, klub, kasalxona, sanatoriy bor. Aholisi Miroqi kanalidan suv oladi.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharcha iqlimi kontinental. Yillik oʻrtacha harorat 14.7° darajani tashkil etadi. Yanvarning oʻrtacha harorati 0.8°, eng past harorati esa 26° ga teng. Iyulning oʻrtacha harorati 28°, eng yuqori harorati esa 43° ga teng.

Yogʻin miqdori[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miroqi shaharchasiga yillik 545 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 219 kunni tashkil etadi.

Tuprogʻi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar hududida boʻz, jigarrang va qoʻngʻir togʻ-oʻrmon tuproqlari keng tarqalgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Miroqi“ OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „МИРАКИ“ (rus). tochka-na-karte-ru. Qaraldi: 08-2023.
  3. „Мираки санаторияси“ (o'zbek). Qaraldi: 08-2023.
  4. „Санаторий “Мираки”“. agroturizm.uz. Qaraldi: 08-2023.