Mikrokreditbank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mikrokreditbank
Asosiy maʼlumotlar
Asos solingan 2006-yil may
Bosh kompaniyasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi
Mikrokreditbank Vikiomborda

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi PF-3750-son Qarori va Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi 78-sonli qarori bilan tashkil etilgan.

Boshqaruvi (Bosh ofisi) Toshkent shahri Amir Temur shoh ko'chasi 4-uyda joylashgan.

Bank missiyasi: Kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, kam taʼminlanganlarni qoʼllab-quvvatlash, hunarmandchilik va kasanachilikni faollashtirish yoʼli bilan yangi ish oʼrinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand boʼlishini taʼminlash uchun moliyaviy mablagʼlar berish.

Bankni rivojlantirish strategiyasi:

  • Moddiy infratuzilmani rivojlantirish;
  • Strategik hamkorlikni rivojlantirish;
  • IT ni qoʼllashni takomillashtirish;
  • Rivojlangan mamlakatlar bank tizimi va mahsulotlarini oʼrganish hamda joriy qilish. Reyting tashkilotining bahosi: 1. Hozirgi kunda bank «BB-» darajasidagi «Fitch Ratings Ltd.» tashkilotining reytingiga ega. Reyting bahosi - «Barqaror» boʼlib, u aktivlar sifatining qoniqarli darajada ekanligini, daromadning yaxshiligini, likvidlilik va kapital yetarlilik darajasining talablarga mos ekanligini oʼzida aks ettiradi. 2. Joriy yilning 6-aprel kuni Moody’s xalqaro reyting agentligi “Mikrokreditbank” ATBning uzoq muddatli kontragent riskini baholash reytingini Ba3 darajasida hamda bankning milliy va xorijiy valyutadagi depozitlari reytingini Ba3 “Barqaror” darajasida baholadi. Bankning rasmiy sayti: mkbank.uz Bank Boshqaruvi raisi Butayev Orif Aliboyevich

Bankning asosiy aksiyadorlari Moliya vazirligi va Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidir.[1]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda O‘zdehqonchiliksanoatbank negizida “Tadbirkorbank” aksionerlik tijorat banki tashkil etiladi[2].

Rasmiy ijtimoiy sahifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bankning rasmiy ilovasi — Mavrid, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „mkbank.uz“ (https://mkbank.uz/uz/about/).+2024-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: bank sayti yordamida ma'lumotlar to'ldirildi.
  2. „Tarix“. mkbank.uz. Qaraldi: 22-aprel.
  3. https://depozit.uz/partners/banks/mikrokredit-bank