Qashqadaryo (shaharcha)
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Qashqadaryo (eski nomi Shayxoli qishlogʻi) — Qashqadaryo viloyatidagi shaharcha (1978-yildan). Transport yoʻli chorrahasi. Viloyat markazi (Qarshi shahri) dan 24 km shimolida. Aholisi 6 ming kishi (2003). Q.da un, goʻsht, qurilish materiallari ktlari, qurilish tashkilotlari, asfaltbeton, keramikadrenaj quvurlari ishlab chiqarish korxonalari, pivo zavodlari, avtokorxona, neft bazasi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, kasb-hunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim maktablari, kutubxona, madaniyat uyi, tibbiy muassasalar bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |