Chiroqchi tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agar Chiroqchiga aloqangiz boʻlsa munozarani ham oʻqib koʻring, iltimos!


Chiroqchi tumani - Qashqadaryo viloyashidyagi tuman. 1926 y. 29 sent.datashkil etilgan. 1962 y. da Yakkabogʻ tumaniga qoʻshilgan. 1964 y. 22 fev.da qayta tashkil etiddi. Sharkdan Shaxrisabz, Kitob, jan.sharkdan Yakkabogʻ, jan.dan Kamashi, gʻarb va jan.garbdan Karshi, Koson tumanlari, shim.dan Samarqand viloyatining Pastdargʻom va Nurobod tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 2,84 ming km2. Aholisi 270 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Chirokchi), 20 qishloq fukarolari yigʻini (Dam, Dodiq, Jar, Koʻkdala, Langar, Mirzatoʻp, Oxunboboyev, Paxtaobod, Torjilgʻa, Uymovut, Uyshun, Xumo, Chim, Chorvador, Shurkuduq, Eski Angor, Yangi Hayot, KalkaMa, Kaxramon, Kumdaryo) bor. Markazi — Chirokchi sh.

Tabiati. Tuman hududi viloyatning shim. qismida joylashgan. Relyefi tekis choʻl va kiradirlardan iborat boʻlib, jan.gʻarbdan shim.sharqqa (Qoratepa togʻi) balandlashib boradi. Balandligi tekis choʻl qismida 400— 600 m, adirda 700—900 m va Zarafshon tizmasining davomi boʻlmish Qoratepa togʻida 1200—1500 m. Dursun qishlogʻi yonida tabiiy gaz koni topilgan. Iqlimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha tra 14,7°. Yanv. ning oʻrtacha trasi 2,7°, eng past tra —20°. Iyulning oʻrtacha trasi 28°, eng yuqori tra 45°. Vegetatsiya davri 220—230 kun. Yiliga 368 mm, sharqida 400—500 mm yogʻin tushadi. Tumandagi ekinlar Qashqadaryo, Kumdaryo, Oyoqchidaryo va b. kanallardan sugoriladi. Tumanning jan.da Chimqoʻrgʻon suv ombori bor. Shim. togʻli zonada oʻtloqi, tekislik qismida tipik boʻz tuprokdar, och boʻz tuproq, dare vodiylarida oʻtlokibotqoq tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan rang , qargʻaoyoq, qamish, chitir, karrak, bugʻdoyiq, yantoq, kashkar beda, qoramugʻ, qoʻziquloq, oqquray, tuyaqorin va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, quyon, kalamush, qoʻshoyoq, sichqon, echkemar; qushlardan qirgʻovul, soʻfitoʻrgʻay, chumchuq, chugʻurchiq, zargʻaddoq va b. bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 95,1 kishi. Qishloq aholisi 252,5 ming kishi, shahar aholisi 17,5 ming kishi (2003).

Xoʻjaligi. Tumanda 2526 yirik, oʻrta, kichik korxona va mikrofirmalar, paxta tozalash, gʻisht zdlari, gilam fkasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, bosmaxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 20 shirkat, 970 fermer, boʻrdoqichilik xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Q.x. paxtachilik, gallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Pillachilik bilan ham shugʻullaniladi. Ekin maydonlariga paxta, don, kartoshka, poliz, sabzavot, ozuqa ekinlari ekiladi. Tuman jamoa va shaxeiy xoʻjaliklarida qoramol, qorakoʻl qoʻy, parranda boqiladi. 174 umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, 3 kasbxunar kollejlari, markaziy kutubxona va uning tarmoklari, 18 klub muassasalari, madaniyat va istirohat bogʻi ishlab turibdi. Kasalxona, feldsherakusherlik punktlari, poliklinika, dorixonalar va b. tibbiy muassasalar bor.

Chiroqchi (kirillcha Chiroqchi) — Qashqadaryo viloyatidagi tuman. Hududi 2.8 ming km2. Aholisi 304.5 ming kishi.[1] Shimolda Samarqand viloyatining Nurobod tumani, gʻarbda Koson tumani, sharqda Shahrisabz va Yakkabogʻ tumanlari, janubda esa Qamashi, Gʻuzor, va Qarshi tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududida Chimqoʻrgʻon va Qalqama suv omborlari mavjud. Markazi — Chiroqchi shahri. Tumanda 33 ta mahalla va 20 ta qishloq fuqarolar yigʻinlari faoliyat yuritmoqda. Tuman tarkibida shahar tipidagi qishloq ham bor (Ko`kdala).

Tarixi[tahrir]

XVII asrlardan boshlab Chiroqchi bekligi hozirgi tuman hududiga yaqin maydonni egallab, Buxoro amirligining yirik bekliklaridan biri sifatida shakllanib kelgan. 1920 yilda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, Shahrisabz viloyati tarkibiga kiritilgan. 1926 yilga qadar shu viloyat tarkibida boʻlgan.

Tili[tahrir]

Asosan qishloqlarda gaplashiladigan bu til oʻzbek tilining qipchoq lahjasidir. Adabiy tildan farqlari quyidagicha:

  • Bu lahja oʻzbek tilidan boshqa turk tillarida mavjud boʻlgan unlilar singarmoniyasini (unlilar uygʻunligini) saqlab qolgan.

Undan tashqari, adabiy oʻzbek tilidagi tovushlar biroz farq bilan talaffuz qilinadi:

  • NG diftongi ngʻ shaklida („ngʻ“ „ng“ kabi ogʻiz boʻshligʻining old qismida emas, balki orqarogʻida paydo boʻladi)
  • I tovushi ikki xil tarzda talaffuz qilinadi; ingichka 'i' (rus tilidagi „i“ga oʻxshash) va yoʻgʻon 'i' (rus tilidagi „i“, ammo biroz yumshoq);
  • A ham ikki xil: yumshoq va qattiq „A“ holida ishlatiladi.

Baʼzan birikmalar, soʻzlar ham oʻzgacha talaffuz qilinadi:

  • mi soʻroq yuklamasi „ma“ tarzida (masalan, "boʻmAymA?", yaʼni „boʻlmaydimi?“);
  • ni tushum kelishigi qoʻshimchasi, agar undan oldingi tovush undosh boʻlsa, unda „di“ yoki „ti“ tarzida (masalan, „ularni“ -> "ulArDI", „kitobni“ -> "kitApTI") talaffuz qilinadi;
  • qol feʼli yordamchi maʼnoda kelsa „gʻay“ shaklida talaffuz qilinadi: „boʻlaqol“ -> "boʻlaGʻAY", „kelaqol“ -> "kelaGʻAY" kabi.
  • Odatda hozirgi zamon davom feʼlini yasash adabiy tildan farq qilmaydi. Ammo baʼzi oʻrinlarda hozirgi zamon davom feʼlini ifodalash uchun "jopti" qoʻshimchasi qoʻshiladi: "qibjopti" („qilayapti“), "jebjopti" („yeyapti“) kabi.

Baʼzan adabiy tilda mavjud boʻlmagan soʻzlarni ham qoʻllashadi: "oʻtirik" (yolgʻon), "irga" (burchak, chet), "ucha" (dumba, tos qismi), "chinaqay" (jimjiloq), "sovliq" (urgʻochi qoʻy), "kallak" (qop, xalta) va hk.

Iqtisodi[tahrir]

Asosan qishloq xoʻjaligiga asoslangan. Gʻallachilik, paxtachilik, bogʻdorchilik, chorvachilik. Tuman markazida paxta tozalash zavodi mavjud.

Beshchashma jamoa xoʻjaligida Niderlandiyaning NOVIB va BMTning Taraqqiyot Dasturi (UNDP) hamkorlikda kichik biznesni rivojlantirish boyicha uchirma loyihani amalga oshirmoqdalar.[2]

„Chiroqchi-konserva“ korxonasi (tomat pastasi, olma va uzum sharbatlari), „Chiroqchi-KVARTS“ (oyna va yuqa keramika), „Istiqlol-parranda“ parrandachilik fabrikasi (Yettitom) kabi korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

Tuman hududida marganets, chinni xom ashyosi, qurilish uchun toshlar, buyoq uchun xom-ashyo konlari topilgan. [3]

Jamoa va shirkat xoʻjaliklari[tahrir]

  • Hamid Olimjon,
  • Beshchashma,
  • Koʻkdala,
  • Oxunboboyev,
  • Zarbdor,
  • Mehnatobod,
  • S.Joʻrayev,
  • Sohibkor,
  • Paxtakor,
  • Oʻzbekiston,
  • Hayitkoʻl,
  • Oqchova,
  • Qalqama,
  • K.Sodiqov,
  • D.Safarov,
  • Chiyal,
  • Ahmad Yassaviy,
  • Fayzulla Xoʻjayev,
  • Shoʻrquduq,
  • Navroʻz,
  • Chorvador.

Polvonlari[tahrir]

  • Isoq polvon (Ahmedov)
  • Mahmadoʻst polvon

Chiroqchi tumani hokimligi[tahrir]

Chiroqchi shahri, Oxunboboyev koʻchasi 19 uy
telefon: 8 (375) 56-21-855
faks: 8 (375) 56-21-855
e-mail: chirokchi@qashqadaryo.uz

Qiziqarli maʼlumotlar[tahrir]

  • Tuman hududidan „Katta Langar Qur’oni“ deb nomlanuvchi Qur’oni Karimning eng qadimgi nusxalaridan biri topilgan.[4] Qur’onning bu nusxasi sufiylarning „Ishqiya“ deb atalmish tariqati vakillariga tegishli boʻlgan.[5]
  • Chiroqchi tumanidagi Taragʻay qishlogʻida Amir Temur gʻori mavjud. Gʻorga kirish uchun „Teshiktosh“ degan tor yoʻlakdan oʻtiladi. Odamlarning aytishiga qaraganda bu gʻorning bir uchun Samarqand viloyatidan chiqarmish. Baʼzilar uni Amir Temur kovlatgan, deyishadi. Ammo, koʻrinishidan tabiiy gʻorga oʻxshaydi. Bu gʻor toqqa chiquvchilar uchun eng qiziqarli joylardan biriga aylangan. Gʻorning atrofida iyun oylariga qadar muzlik saqlanib, erigan suvlari juda shirin mazali kichik ariqni hosil qiladi. Gʻorning ustidagi choʻqqidan Samarqand viloyatidagi hududlar bemalol koʻrinib turadi.
  • Langar qishlogʻida qimirlovchi katta tosh bor boʻlib, uni kichik bola ham qimirlata oladi.

Chiroqchi va chiroqchiliklar mavzusiga oid bogʻlamalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]