Azande

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bandadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Azande, Banda – Markaziy Afrikadagi yassi tog‘lik. Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respu-blikasi va Sudan hududlarida, Kongo da-ryosi, Chad ko‘li va Nil daryosi havzalari oralig‘idagi suvayirg‘ich. Tokembriy davriga oid kristalli va metamorfik tog‘ jinslaridan tuzilgan. O‘rtacha balandligi 600–900 m (eng baland joyi g‘arbida – 1388 m). Bo‘liq o‘tlar o‘sadi, onda-sonda barg to‘kuvchi o‘rmonlar uchraydi, daryo sohillari doim yashil o‘rmonlar bilan qoplangan. Oltin va olmos konlari bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil