Xabarovsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xabarovsk (1893 yilgacha Xabarovka) — RFdagi shahar (1880 yildan), Xabarovsk oʻlkasi markazi, Amur daryosining oʻng sohilidagi port. Uzoq Sharqning muhim transport yoʻllari chorrahasi. Transport yoʻli stansiyasi. Aeroport bor. Aholisi 583,1 ming kishi (2002).

Shahar 1858 y. Xabarovka harbiy posti sifatida vujudga kelgan, 1880 yildan Primorye viloyatining maʼmuriy markazi. 1884 yildan Priamurye generalgubernatorligi markazi. 1893 yildan rus sayyohi Ye.P.Xabarov sharafiga X. deb atalgan. 1902 yilda X.da "Arsenal" harbiy zavodi qurilgan. 1904 yildan Amur harbiy flotining bazasi. 20-a. boshlarida X. Uzoq Sharqning yirik savdo markaziga aylandi. 1926—38 yillarda Uzoq Sharq oʻlkasi markazi.

Mashinasozlik va metallsozlik (stanoksozlik, kemasozlik va kema taʼmirlash, kabel va boshqa zavodlar), neftni qayta ishlash, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor; qurilish materiallari ishlab chiqariladi, kimyofarmatsevtika zavodi faoliyat koʻrsatadi. 8 oliy oʻquv yurti, 7 i.t. instituta, 3 teatr, oʻlkashunoslik, adabiyot, badiiy muzeylar, telemarkaz bor. Shahar atrofida 3 sanatoriy, dam olish uylari mavjud.