Yangiobod (Angren)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yangiobod
shahar
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Toshkent viloyati
Aholisi
 (2016)
8 900
Vaqt mintaqasi UTC+5

YangiobodToshkent viloyatidagi shahar (1953 yildan) Angren shahar Kengashiga qarashli. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Angren (22 km). Aholisi 9 ming kishi (2004). Shaharda sanoat, qurilish korxonalari, avtokorxona, aloqa boʻlimi, savdo, madaniy va maishiy xizmat qoʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktabi, madaniyat uyi, kutubxona, poliklinika, tibbiy punkt, dorixona mavjud. Yangiobod—Angren yunalishida avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Yangiobod (Angren)" OʻzME. Ya-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil