Timor
![]() | |
Geografiya | |
---|---|
maydoni | 30 777 km2 |
Eng baland balandlik | 2963[1] m. |
eng baland nuqtasi | Tatamailau |
Administrasiya | |
davlat | Indoneziya va Sharqiy Timor |
Demografiya | |
aholisi | 3 100 000 |
Qo'shimcha ma'lumot |
Timor — Malay arxipelagidagi Kichik Zond o.lari guruhiga mansub eng katta orol. Maydoni 34 ming km². Relyefi, asosan, togʻli, eng baland joyi 2963 m. Balchiqli vulkanlar bor. Iklimi subekvatorial, mussonli. Sohilida temperatura yil davomida 25—27°. Yillik yogʻin 1500 mm. Savanna va tropik oʻrmonlar bor. Kofe, kokos palmalari, kauchukli daraxtlar oʻstiriladi. Sholi, makkajoʻxori ekiladi.
T. siyosiy jihatdan 2 qism: [[Sharqiy Timor (Timor Lorosaye) va Gʻarbiy Timorga (Indoneziyaning Sharqiy Nusa Tengera provinsiyasi tarkibida) boʻlinadi. T.ni 1520-yilda portugallar egallagan. 1613-yildan uning sharqiy qismi gollandlar qoʻl osti ga oʻtdi. 1812—15 yillarda T.da inglizlar hukmronlik qilgan. 1860 va 1893-yillardagi shartnomalarga asosan, Sharqiy T. (Portugaliya) va Gʻarbiy T. (Niderlandiya) oʻrtasidagi chegara uzilkesil oʻrnatilgan. 1945-yilda Gʻarbiy T. Indoneziya tarkibiga kirdi. 1975-yilda Indoneziya Sharkiy T.ni xam egalladi va 1976-yildan Indoneziyaning 27provinsiyasi makrmini oldi. Chorak asr davom etgan ozodlik uchun kurashdan soʻng 2002-yil Sharkiy T. mustaqillikka erishdi (qarang [[Sharqiy Timor).
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |