Timor dengizi
Qiyofa
(Timor Dengizidan yoʻnaltirildi)
| | |
| Joylashuvi | Sharqiy Hind okeani, Osiyo, Okeaniya |
| Okean tipi | dengiz |
| Havzaga aloqador oʻlkalar | |
| Yuzasi | 610,000 km2 (240,000 kv mi) |
| Oʻrtacha chuqurligi | 406 m (1,332 ft) |
| Eng katta chuqurligi | 3,300 m (10,800 ft) |
| Orollari | Ashmore va Kartiyer orollari, Brovse oroli, Tivi orollari |
| Aholi punktlari | Darvin, Shimoliy hudud |
| Yoriqlari | Timor boʻylab |
Timor dengizi — Hind okeanining chekka hududida joylashgan dengiz. Avstraliya bilan Timor oroli oraligʻida joy olgan. Maydoni 610,000 km2 (240,000 kv mi) ga teng. Akvatoriyasining 1/2 qismining chuqurligi oʻrtacha 200 m gacha boʻlib, eng chuqur joyi 3310 m (Timor botigʻi) ni tashkil etadi. Yuza qismi suvining temperaturasi 25° dan 29° C gacha boʻladi. Shoʻrligi 34— 35%o ga teng. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi, uning oʻrtacha balandligi 3-4 m ni tashkil etadi. Janubiy sohilida Darvin porti (Avstraliya) joylashgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Timor dengizi" OʻzME. T-harfi (Wayback Machine saytida 2018-10-28 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |