Shahrixon (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Shahrixon
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Andijon viloyati
Tuman Shahrixon (tuman)
Koordinatalari 40°43′0″N 72°03′0″E / 40.71667°N 72.05000°E / 40.71667; 72.05000Koordinatalari: 40°43′0″N 72°03′0″E / 40.71667°N 72.05000°E / 40.71667; 72.05000
Aholisi 84702 inson (2010)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Shahrixon (shahar) (Oʻzbekiston)
Shahrixon

ShahrixonAndijon viloyati Shahrixon tumanidagi shahar, tuman markazi, viloyatning jan.gʻarbida, Shahrixonsoy sohilida joylashgan. Sharq va jan. dan Katta Fargona kanali oqib oʻtadi. Andijon shahridan 25 km. Transport yoʻli stansiyasi. Aholisi 61,3 ming kishi (2004).

SH. 180921 yillarda Qoʻqon xoni Amir Umarxon farmoni bilan qurilgan (nomi shundan). Oʻsha davrda xon farmoni bilan Sh. bozoriga kelib savdo qiluvchilardan yigʻim puli olinmagan. Natijada shaharga keluvchi karvonlar soni koʻpaygan. 19-asr oxirida shaharda bir qancha korxona, shu jumladan, paxta tozalash zavodi ishlab turgan, 27 ta guzar, Oʻrda masjidi va minoralar boʻlgan.

SH. hunarmandchilik buyumlari bilan mashhur. Ayniqsa, pichoqchilik, beshikchilik, kosibchilik, doʻppidoʻzlik, misgarlik hunarlari sanʼat darajasiga yetgan. 1916 yilda rus podshosining mahalliy aholini mardikorlikka safarbar etilishiga qarshi xalq gʻalayoni boʻlib oʻtgan. 1928 yilda shaharga Asakadan 15 km uzunlikdagi t.y. oʻtkazilgan.

shahrida tikuvchilik, trikotaj, paxta tozalash, toʻqimachilik korxonalari, qurilish tashkilotlari, avtokorxona ishlab turibdi. Shuningdek, OʻzbekistonXitoy "RivojTyanjin", Oʻzbekiston—Hindiston "RivojNorind", Oʻzbekiston—Germaniya "Interteks", Oʻzbekiston—Rossiya "Anteks" qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 10 umumiy taʼlim maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, litsey, 2 musiqa maktabi, 1 sport maktabi, muzey, madaniyat saroyi, markaziy kutubxona va uning tarmoklari ishlab turibdi. 2 kasalxona, 3 poliklinika, tez tibbiy yordam markazi, sanatoriy aholiga xizmat koʻrsatadi. Shahar yonidan Toshkent—Oʻsh avtomobil yoʻli oʻtgan.