Guzar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Guzar

1) shahar yoki qishloqning uch koʻcha, toʻrt koʻchali yoki choyxona va magazinlar, baqqollik va qassoblik doʻkonlari boʻlgan gavjum va serqatnov, obod joyi. Odatda, mahalla odamlari G.ga chiqib choyxoʻrlik qiladilar, suhbatlashadilar, hordiq chiqaradilar;

2) Buxoroda mahalla, kvartal (mas, Soʻzangaron guzari, Ibrohimxoʻja guzari kabi). G.ni oʻtmishda qozi tayinlaydigan oqsoqol — guzaroqsoqol boshqargan;

3) Xorazmda soydan qayiqlarning oʻtish joyi va odam o'tishi uchun qoʻyilgan maxsus qayiq.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil