Tez tibbiy yordam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tez tibbiy yordam - inson hayoti hamda sogʻligʻi uchun xavfli holatlar roʻy berganda kechasiyu kunduzi shifohonagacha koʻrsatiladigan tibbiy yordam turi va tizimi. Ilk bor Tez tibbiy yordamyo. 1918 y. Toshkent shahrida punkt sifatida tashkil etilib, 1926 y. mustaqil Tez tibbiy yordamyo. stansiyasiga, 1974 y. Tez tibbiy yordamyo. klinik kasalxonasi bilan birlashtirilib, boʻlimga aylantirildi. 1983 y. kasalxonadan ajratilib, mustaqil shahar tez va shoshilinch tibbiy yordam stansiyasi deb ataldi. Oʻzbekiston Respublikasi Farmoni bilan №PF-2107 10.11.1998y. Shoshilinch Tibbiy Yordam Hizmati ta'sis etilib 2001 yildan shoshilinch tibbiy yordam va tez tibbiy yordam tushunchalari ikki xil ma'noga ega. Tez tibbiy yordamyo. ning vazifasi hodisa yuz bergan joyda, uyda, bemorni kasalxonaga olib keta turib shoshilinch, shu jumladan mutaxassis vrach tomonidan yordam koʻrsatish, lozim boʻlsa, bemorlarni kasalxonaga yetkazishni taʼminlashdan iborat. Bundan tashqari, Tez tibbiy yordamyo. xizmati koʻzi yoriydigan ayollarni yoki uyida koʻzi yoriganlarni vrach talabiga koʻra davolash muassasalariga olib boradi. Tez tibbiy yordamyo. xodimlarini chaqirish uchun yagona telefon indeksi (03) (Toshkent shahri uchun 103) joriy etilgan. Tez tibbiy yordamyo. stansiyalari xodimlari mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari, sudtibbiy eksperti xulosalari, shuningdek, bemorlarga yo ularning qarindoshlariga yozma maʼlumotnoma berish huquqiga ega emas. Qishloq joylarida kunning istagan paytida Tez tibbiy yordamyo. koʻrsatish vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklangan. Olis va borish qiyin boʻlgan joylarga sanitariya aviatsiyasi vositalari bilan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatiladi. Tez tibbiy yordamyo. mashinalari radiolashtirilgan boʻlib, ikki tomonlama telefon aloqasi bilan taʼminlangan, nafas va narkoz berish apparatlari, kislorod ingalyatorlar, elektrokardiograf va boshqa zaruriy asboblar bilan jihozlangan. Yirik shaharlar, jumladan Toshkentda ham ixtisoslashtirilgan maxsus reanimatsion, kardiologik, nevrologik, toksikologik, pediatriya, intensiv terapiya brigadalari va boshqa tashkil etilgan. Bu uyda va yoʻlda keta turib ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga imkon beradi.