Bangilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bangilik

1) tor maʼnoda — giyohvandlikning bir turi; nashani tamakiga aralashtirib chekish, shuningdek isteʼmol qilish. Nasha kishini Mast, kayfini chogʻ qiladi, vujudini boʻshashtiradi, uni muntazam isteʼmol qilganda oʻtkir yoki surunkali zaharlanish alomatlari kuzatiladi. Oʻtkir zaharlanganda kishi jazavaga tushib, besabab kuladi, baʼzan yigʻlaydi. Surunkalisida bangining xulqi oʻzgarib, feʼl-atvori aynaydi, jahldor boʻlib qoladi, vas-vasaga tushadi, aqliy qobiliyati susayadi. Bangi narkotik moddadan mahrum boʻlsa, xumor (abstinent) sindrom deb ataluvchi kasallik holati roʻy beradi. B.da ichki aʼzolar zararlanadi, asabiy — ruhiy oʻzgarishlar paydo boʻladi, insoniy fazilatlar barham topadi. B.ni davolash uchun ularga nasha bermay, maʼlum muddat (3 — 7 kun) ajratib qoʻyiladi, shu vaqt ichida xumorlik oʻtib ketadi. Keyin organizmni mustahkamlash choralari (doridarmon bilan) koʻriladi, ruhiy va mehnat bilan davolash buyuriladi. Aholi oʻrtasida B.ning zararini tushuntirish uning oldini olihda muhim ahamiyatga ega;

2) keng maʼnoda — giyohvandlik, yaʼni kayf beruvchi moddalarni uzoq isteʼmol qilish, ularga ruju qilish, hirs qoʻyish.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil