Qirgʻoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qirgʻoq — suv havzalari (okean, dengiz, koʻl va suv omborlari) va oqar suvlar (daryo, vaqtli oqar suvlar) bilan quruqlik tutashgan hamda oʻzaro taʼsir roʻy berib turadigan kambar yer. Q.larning quruqlik tomondagi chegarasi — qirgʻoq chizigʻi deyiladi. Q.ning tarkib topishi va xususiyatlari toʻlqinlarga, oqar suvlarda oqim harakatiga bogʻliq. Q.ning oʻzgarishiga tektonik harakatlar ham taʼsir koʻrsatadi. Q. koʻrinishi, tuzilishi, oʻzgarishi va holatiga koʻra xilmaxil boʻladi. Dengiz Q.lari balandligi, parchalanganligi, geologik tuzilishi, shakli, yoshi va boshqalarga koʻra turlarga ajratiladi: 1) endogen va ekzogen jarayonlar natijasida paydo boʻlgan yosh Q.lar. Ularga dastlab tekis boʻlib, keyin parchalangan tektonik va erozion-tektonik, erozion, muzlik, shamol taʼsirida paydo boʻlgan hamda vulkanik Q.lar kiradi;2) toʻlqindan boshqa jarayonlar taʼsirida paydo boʻlgan Q.lar dengiz suvi koʻtarilib qaytganda hosil boʻlgan, denudatsion, organik qoldiqlardan hosil boʻlgan Q.lardan iborat;3) toʻlqinlar taʼsirida vujudga kelgan Q.lar. Ular abraziya va akkumulyatsiya taʼsirida, yaʼni dengiz toʻlqinlari taʼsirida vujudga keladi va juda koʻp uchraydi. Yirik daryolarning quy-ilish joylarida delta q. shakllanadi (q. Delta). q. tiplari shakllani-shida va tarqalishida tabiiy geografik zonallik aniq koʻrinadi. Mas, termoabraziv Q.lar qutbiy zonalarga, marjonli va mangrali Q.lar tropik va ekvatorial mintaqalarga xos. Hozirgi zamon tektonik harakatlari ham dengiz Q.larining shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Muzlik davridan keyingi transgressiya koʻtarilgan maydonlardagiga nisbatan tektonik choʻkayotgan sohilboʻyi r-nlarda quruqlik ichkarisiga ancha kirib borgan. Uchchala guruhdagi Q.lar ford, shxera, dalmatsiya, rias, panjasimon, liman, orol, dengiz tipli, marjonli, fitogen, abrazion-buxtali, lagunali, qum tilli kabi tiplarga boʻlinadi. Oqar suvlarning Qlari rivojlani-shida oʻzan oqimi muhim omil hisoblanadi. Daryo Qlari togʻ va tekisliklarda bir-biridan keskin farq qiladi. Daryolardagi oqim faoliyati Qlarning eroziyasi, oʻzanning alohida joylarida oqiziqlarning toʻplanishida namoyon boʻladi. Katta daryolar Qlarining shakllanishda gravitatsiya jarayonlari (surilma, koʻchki, sochilma) muhim ahamiyatga ega. Suv bosadigan (qayirli) va suv bosmaydigan (tub, terrasali) daryo Q.lari farq qilinadi (qarang Vodiy, Terrassa). Q.larning kelib chiqishi, oʻzgarishi, morfologiyasini oʻrganish port va koʻpriklar qurilishi, Q.larni mustahkamlash ishlarida, kema qatnovida, rekreatsiya zonalari tashkil etish, foydali qazilma konlarini oʻrganishda, suv omborlari qurishda katta ahamiyatga ega.