Kontent qismiga oʻtish

Amiri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amiri — qovunnnng oʻrtapishar navi. Shakli choʻziq (25-40 sm), ogʻirligi 3- 4 kg. Sirti toʻrsiz (baʼzi A.larning faqat band tomonida bir oz toʻri boʻladi), usti yoʻl-yoʻl, och yoki toʻqyashil. Eti 4-5 sm qalinlikda, koʻkimtir yoki qizgʻish, kuvrak, juda shirin, tarkibida 12% gacha qand bor. Urugʻi yirik, choʻziq, och sariq. Urugʻidan chiqqanidan keyin 80-90 kunda hosili pishadi. Asosan Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari, Qoraqalpogʻistonda ekiladi. Hosildorligi 300-350 s/ga. Uzoqqa yuborishga va saqlashga chidamsiz.[1]

  1. "Amiri" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil