Oʻzbekiston tarixi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tarixga
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 37.110.215.139 tahrirlari 37.110.210.55 versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 1: Qator 1:
<br />
<br />


== Tarix ==
== Tarix<nowiki/>[[Qadimgi Xorazm|Xorazm]][[Qadimgi Baqtriya|Baqtriya]][[Oʻrta Osiyo (eneolit va bronza davri)|davri)]]==
# [[Qadimgi Xorazm]]

# [[Qadimgi Baqtriya]]
# [[Oʻrta Osiyo (Makedoniyalik Iskandar yurishi)|yurishi)]]
# [[Oʻrta Osiyo (eneolit va bronza davri)]]
# [[Salavkiylar davlati|davlati]]
# [[Oʻrta Osiyo (Makedoniyalik Iskandar yurishi)]]
# [[Yunon-Baqtriya podsholigi|podsholigi]]
# [[Salavkiylar davlati]]
# [[Yunon-Baqtriya podsholigi]]
# [[Kangyuy]]
# [[Kangyuy]]
# [[Kushonlar davlati|davlati]]
# [[Kushonlar davlati]]
# [[Eftaliylar davlati|davlati]]
# [[Eftaliylar davlati]]
# [[Turk xoqonligi|xoqonligi]]
# [[Turk xoqonligi]]
# [[Soʻgʻd]]
# [[Soʻgʻd]]
# [[Oʻrta Osiyo (arab istilosi)|istilosi)]]
# [[Oʻrta Osiyo (arab istilosi)]]
# [[Somoniylar davlati|davlati]]
# [[Somoniylar davlati]]
# [[Qoraxoniylar davlati|davlati]]
# [[Qoraxoniylar davlati]]
# [[Xorazmshohlar davlati|davlati]]
# [[Xorazmshohlar davlati]]
# [[Oʻrta Osiyo (Chingizxon istilosi)|istilosi)]]
# [[Oʻrta Osiyo (Chingizxon istilosi)]]
# [[Amir Temur davlati|davlati]]
# [[Amir Temur davlati]]
# [[Temuriylar davlati|davlati]]
# [[Temuriylar davlati]]
# [[Shayboniylar davlati]]
#
# [[Xiva xonligi]]
# [[Qoʻqon xonligi]]
# [[Buxoro amirligi]]
# [[Oʻrta Osiyo (Rossiya tomonidan zabt etilish)]]

== Sulolalar ==
{{asosiy|Oʻzbekiston Sulolari}}


== Qadimgi davr ==
== Qadimgi davr ==
Qator 27: Qator 36:
[[X asr]]da [[Xitoy]] hududidan [[oʻzbeklar]]ning ajdodlari — [[Qoraxoniylar]] sulolasini tashkil qilgan [[qarluqlar]] kirib keladi. Markazi [[Samarqand]] shahri boʻlgan Qoraxoniylar davlati Xorazmshoh Muhammad tomonidan [[1212]]-yilda tugatiladi.<ref>https://tarix.uz/ozbekiston-tarixi/ozbek-davlatchiligining-shakllanishi/?lang=uz</ref>
[[X asr]]da [[Xitoy]] hududidan [[oʻzbeklar]]ning ajdodlari — [[Qoraxoniylar]] sulolasini tashkil qilgan [[qarluqlar]] kirib keladi. Markazi [[Samarqand]] shahri boʻlgan Qoraxoniylar davlati Xorazmshoh Muhammad tomonidan [[1212]]-yilda tugatiladi.<ref>https://tarix.uz/ozbekiston-tarixi/ozbek-davlatchiligining-shakllanishi/?lang=uz</ref>


== tarkibida ==
<br />
<br />


== Temuriylar davlati ==
== Temuriylar ==
{{main|Temuriylar}}
[[Tasvir:Timurid.svg|right|thumbnail|Temuriylar davlati bayrogʻi]]
[[Tasvir:Timurid.svg|right|thumbnail|Temuriylar davlati bayrogʻi]]
1970-yilda Amir Temur markazi Samarqand shahrida boʻlgan mustaqil davlat yaratgani haqida eʼlon qiladi. U Oltin O'rda, Hindiston, Turkiyaga bir necha muvaffaqiyatli yurishlar qiladi.
[[1370]]-yilda [[Amir Temur]] markazi [[Samarqand]] shahrida boʻlgan mustaqil davlat yaratgani haqida eʼlon qiladi. U [[Oltin Oʻrda]], [[Hindiston]], [[Turkiya]]ga bir necha muvaffaqiyatli yurishlar qiladi.


== Buxoro amirligi (1500-1920) ==
== Buxoro amirligi (1500—1920) ==
{{main|Buxoro xonligi}}
[[Tasvir:Flag of the Emirate of Bukhara.svg|right|thumbnail|1920-yil 1-sentabrgacha boʻlgan Buxoro amirligining bayrogʻi]]
[[Tasvir:Flag of the Emirate of Bukhara.svg|right|thumbnail|1920-yil 1-sentabrgacha boʻlgan Buxoro amirligining bayrogʻi]]
[[Tasvir:Bukhara 05.png|right|thumbnail|Buxoro Xalq Sovet Respublikasining bayrogʻi (1921-yil 23 sentabrdan 1923-yil 11 oktabrgacha)]]
[[Tasvir:Bukhara 05.png|right|thumbnail|Buxoro Xalq Sovet Respublikasining bayrogʻi (1921-yil 23 sentabrdan 1923-yil 11 oktabrgacha)]]
[[Tasvir:Bukhara 08.png|right|thumbnail|Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasining bayrogʻi (1924-yil 18 sentabrdan 1925-yil 22 iyulgacha)]]
* [[1500]]-yilda Oʻzbekiston hududiga Oltin Oʻrda tarafidan [[Shayboniyxon]] boshchiligidagi turk-qipchoqlar bostirib kirib, [[Buxoro]] va [[Samarqand]]ni ishgʻol qiladilar. [[Oltin Oʻrda]] islomni [[Oʻzbekxon Sulton Muhammad|Oʻzbekxon]] davrida qabul qilgani tufayli ular musulomon boʻlib, oʻzlarini Oʻzbekxon sharafiga oʻzbeklar deb atay boshlaydilar. Shayboniyxon yangi oʻzbek davlatini yaratib, Buxoroni ushbu davlatning poytaxti qiladi.
* [[1709]]-yilda Fargʻona vodiysida Buxoro xonligidan ajralib chiqqan [[Qoʻqon xonligi]] vujudga keladi.
* [[1868]]-yili Rossiya Qoʻqon xonligini ishgʻol qiladi va [[Buxoro xonligi]] ustidan protektorat oʻrnatadi.


Taxminan [[1500|1500-yil]]larda Oks ([[Amudaryo]]) daryosining shimoliy qismidan yangi istilochilar bostirib kelishdi. Mahalliy hukmdorlarning oʻzaro nizolaridan foydalangan [[Shayboniyxon]] boshchiligidagi turk-moʻngʻul qabilalari avvaliga [[Movarounnahr]]ni, soʻngra butun [[Xuroson]]ni boʻysundirdilar. Soʻnggi [[Temuriylar]]ning taxtdan agʻdarilishi va koʻchmanchi oʻzbeklarning bostirib kelishi oqibatida [[Movarounnahr]] avvalgi siyosiy salohiyatini yoʻqota boshladi; oqibatda mamlakat siyosiy jihatdan tez quladi va markazlashgan davlatdan anchagina kuchsiz [[Buxoro xonligi]]ga aylana bordi.
* 1500-yilda Oʻzbekiston hududiga Oltin Oʻrda tarafidan Shayboniyxon boshchiligidagi turk-qipchoqlar bostirib kirib, Buxoro va Samarqandni ishgʻol qiladilar. Oltin O'rda islomni O'zbekxon davrida qabul qilgani tufayli ular musulomon boʻlib, oʻzlarini Oʻzbekxon sharafiga oʻzbeklar deb atay boshlaydilar. Shayboniyxon yangi oʻzbek davlatini yaratib, Buxoroni ushbu davlatning poytaxti qiladi.
[[Shayboniylar]] ([[1510]]—[[1597]]) va [[Ashtarxoniylar]] ([[1597]]—[[1737]]) davrlarida Buxoro xonligi tarixi toj-taxt uchun [[forslar]] va [[Xorazm]] bilan kechgan koʻplab nizolarga guvoh boʻldi.
* 1709-yilda Fargʻona vodiysida Buxoro xonligidan ajralib chiqqan Qo'qon vujudga keladi.
[[Shayboniylar]] sulolasi vakillaridan mamlakatning gullab-yashnashi va xalqning baxtini oʻylagan [[Abdullaxon II]] alohida ajralib turgan. Oʻzining qirq yildan ortiq hukmronligi davrida u koʻplab taʼlim markazlari, masjidlar, hammomlar, karvonsaroylar va koʻpriklar qurdirdi, xonlikning markaziy shaharlarida xushhavo bogʻlar barpo ettirdi, ibtidoiy pochta aloqasini yoʻlga qoʻydi, dehqonchilik, savdo-sotiq va ilm-fan homiysi sifatida tarixga kirdi. Bugungi Buxoroda Abdullaxon nomi haligacha tillarda doston; Buxorodagi deyarli barcha tarixiy obidalar buxoroliklarga bu hukmdorning oʻta sahiyligi va serjilo sanʼatga oshuftaligini eslatib turadi. Shayboniylar hukmroniligi davrida ulamo mullalar va xudojoʻylar davlat ishlarida faol ishtirok etganlar, buning oqibati oʻlaroq Buxoro madrasalarida asosan diniy fanlar oʻqitilgan.
* 1868-yili Rossiya Qoʻqon xonligini ishgʻol qiladi Qo'qon xonligi ustidan protektorat oʻrnatadi.

Taxminan 1500-yillatda Oks (Amudaryo) daryosining shimoliy qismidan yangi istilochilar bostirib kelishdi. Mahalliy hukmdorlarning oʻzaro nizolaridan foydalangan Shayboniyxon boshchiligidagi turk-moʻngʻul qabilalari avvaliga Movorounnaxrni, soʻngra butun Xurosonni boʻysundirdilar. Soʻnggi Temuriylarning taxtdan agʻdarilishi va koʻchmanchi oʻzbeklarning bostirib kelishi oqibatida Movorounnaxr avvalgi siyosiy salohiyatini yoʻqota boshladi; oqibatda mamlakat siyosiy jihatdan tez quladi va markazlashgan davlatdan anchagina kuchsiz Buxoro xonligiga aylana bordi. Shayboniylar (1510-1597) va Ashtarxoniylar (1597-1737) davrlarida Buxoro xonligi tarixi toj-taxt uchun forslar va Xorazm bilan kechgan koʻplab nizolarga guvoh boʻldi. Shayboniylar sulolasi vakillaridan mamlakatning gullab-yashnashi va xalqning baxtini oʻylagan Abdillaxon II alohida ajralib turgan. Oʻzining qirq yildan ortiq hukmronligi davrida u koʻplab taʼlim markazlari, masjidlar, hammomlar, karvonsaroylar va koʻpriklar qurdirdi, xonlikning markaziy shaharlarida xushhavo bogʻlar barpo ettirdi, ibtidoiy pochta aloqasini yoʻlga qoʻydi, dehqonchilik, savdo-sotiq va ilm-fan homiysi sifatida tarixga kirdi. Bugungi Buxoroda Abdullaxon nomi haligacha tillarda doston; Buxorodagi deyarli barcha tarixiy obidalar buxoroliklarga bu hukmdorning oʻta sahiyligi va serjilo sanʼatga oshuftaligini eslatib turadi. Shayboniylar hukmroniligi davrida ulamo mullalar va xudojoʻylar davlat ishlarida faol ishtirok etganlar, buning oqibati oʻlaroq Buxoro madrasalarida asosan diniy fanlar oʻqitilgan.


Ashtarxoniylar sulolasidan keyin oʻlkada Mang'itlar sulolasi (Chingizxonning oʻgʻli Jo'ji avlodlaridan) hukmronligi davri boshlandi, ular Buxoroni 1910-qadar boshqarganlar.
Ashtarxoniylar sulolasidan keyin oʻlkada [[Mangʻitlar]] sulolasi ([[Chingizxon]]ning oʻgʻli [[Joʻjixon|Joʻji]] avlodlaridan) hukmronligi davri boshlandi, ular Buxoroni [[1920|1920-yil]]ga qadar boshqarganlar.


== Xiva xonligi (1598—1919) ==
== Xiva xonligi (1598—1919) ==
{{main|Xiva xonligi}}
[[Tasvir:Bandera de Khiva abans 1917.svg|right|thumbnail|1917-yilgacha boʻlgan Xiva xonligining bayrogʻi]]
[[Tasvir:Bandera de Khiva abans 1917.svg|right|thumbnail|1917-yilgacha boʻlgan Xiva xonligining bayrogʻi]]
[[Tasvir:Flag of Khiva (1923-1924).svg|right|thumbnail|Xorazm SSRning bayrogʻi (1923-yil 23 oktabrdan 1924-yil 2 oktabrgacha)]]
[[Tasvir:Flag of Khiva (1923-1924).svg|right|thumbnail|Xorazm SSRning bayrogʻi (1923-yil 23 oktabrdan 1924-yil 2 oktabrgacha)]]
1598-yil Urganch (qadimda Gurganj deb atalgan)ni suv bilan taʼminlaydigan Amudaryo oʻz oʻzanini oʻzgartirishi oqibatida saltanat poytaxti Xivaga koʻchirildi. Oʻsha sanadan boshlab mamlakat Xiva xonligi deb atala boshladi.
[[1598|1598-yil]] [[Koʻhna Urganch|Urganch]] (qadimda [[Gurganj]] deb atalgan)ni suv bilan taʼminlaydigan [[Amudaryo]] oʻz oʻzanini oʻzgartirishi oqibatida saltanat poytaxti [[Xiva]]ga koʻchirildi. Oʻsha sanadan boshlab mamlakat Xiva xonligi deb atala boshladi.


Amudaryo xonlik hududidan oqib oʻtib, Kaspiy dengiziga quyilardi, natijada kishilarni suv bilan taʼminlabgina qolmay, hududni suv yoʻli orqali Ovrupo bilan bogʻlardi. Asrlar davomida daryo oʻz oʻzanini bir necha marta oʻzgartirgan. 16-asrning oxirlarida roʻy bergan Amudaryoning oxirgi burilishi Gurganj shahrini xarobaga aylantirgan. Hozirgi Xiva shahridan 150&nbsp;km uzoqlikda joylashgan, Koʻhna Urganch aholi yashash punkti yaqinida (hozirgi Turkmaniston hududida) qadimgi poytaxtning xarobalari joylashgan.
Amudaryo xonlik hududidan oqib oʻtib, [[Kaspiy dengizi]]ga quyilardi, natijada kishilarni suv bilan taʼminlabgina qolmay, hududni suv yoʻli orqali [[Yevropa|Ovrupo]] bilan bogʻlardi. Asrlar davomida daryo oʻz oʻzanini bir necha marta oʻzgartirgan. 16-asrning oxirlarida roʻy bergan Amudaryoning oxirgi burilishi Gurganj shahrini xarobaga aylantirgan. Hozirgi Xiva shahridan 150&nbsp;km uzoqlikda joylashgan, Koʻhna Urganch aholi yashash punkti yaqinida (hozirgi [[Turkmaniston]] hududida) qadimgi poytaxtning xarobalari joylashgan.


Poytaxtni yangi joyga koʻchirishga majbur boʻlganlarida, bu shubhasiz, Xorazm tarixidagi eng ogʻir davrlardan biri boʻlgan. Ammo vaqt oʻtishi bilan xonlik yana gullab-yashnadi va qisqa vaqt ichida Xiva Islom olamining maʼnaviy markazlaridan biriga aylandi.
Poytaxtni yangi joyga koʻchirishga majbur boʻlganlarida, bu shubhasiz, Xorazm tarixidagi eng ogʻir davrlardan biri boʻlgan. Ammo vaqt oʻtishi bilan xonlik yana gullab-yashnadi va qisqa vaqt ichida Xiva [[Islom dini|Islom]] olamining maʼnaviy markazlaridan biriga aylandi.


Demak, 1598-yil Xiva shahri xonlikning poytaxtiga aylandi, bu 10 asrlik tarixga ega kichikroq, ammo mustahkam shaharcha edi. Afsonalarga koʻra, bu shahar suvi oʻzgacha taʼmga ega boʻlgan Xeyvak qudugʻi atrofida shakllangan, quduqni esa Nuh(s.a.v.)ning oʻgʻli Simning buyrugʻiga koʻra qazishgan. Ichanqal'a (Xiva shahrining ichki qismi)da hozir ham bu quduqni koʻrish mumkin.
Demak, [[1598|1598-yil]] Xiva shahri xonlikning poytaxtiga aylandi, bu 10 asrlik tarixga ega kichikroq, ammo mustahkam shaharcha edi. Afsonalarga koʻra, bu shahar suvi oʻzgacha taʼmga ega boʻlgan [[Xeyvak]] qudugʻi atrofida shakllangan, quduqni esa [[Nuh]] (s.a.v.)ning oʻgʻli [[Sim]]ning buyrugʻiga koʻra qazishgan. [[Ichanqalʼa]] (Xiva shahrining ichki qismi)da hozir ham bu quduqni koʻrish mumkin.


1873-yil Rossiya Xiva xonligining bir qismini anneksiya qildi (bunga asosiy sabab esa, turkman bosmachilari dexqonlarni oʻgʻirlab, Xiva va Buxoroning bozorlarida qul sifatida sotishgan, Xivada olib borilayotgan qul savdolari janubiy Rusiyaning xavotiriga sabab boʻlgan).
[[1873|1873-yil]] [[Rossiya|Rusiya]] Xiva xonligining bir qismini anneksiya qildi (bunga asosiy sabab esa, turkman bosmachilari dexqonlarni oʻgʻirlab, Xiva va Buxoroning bozorlarida qul sifatida sotishgan, Xivada olib borilayotgan qul savdolari janubiy Rusiyaning xavotiriga sabab boʻlgan).


== Qoʻqon xonligi (1709—1876) ==
== Qoʻqon xonligi (1709—1876) ==

13-Yanvar 2020, 15:28 dagi koʻrinishi


Tarix

  1. Qadimgi Xorazm
  2. Qadimgi Baqtriya
  3. Oʻrta Osiyo (eneolit va bronza davri)
  4. Oʻrta Osiyo (Makedoniyalik Iskandar yurishi)
  5. Salavkiylar davlati
  6. Yunon-Baqtriya podsholigi
  7. Kangyuy
  8. Kushonlar davlati
  9. Eftaliylar davlati
  10. Turk xoqonligi
  11. Soʻgʻd
  12. Oʻrta Osiyo (arab istilosi)
  13. Somoniylar davlati
  14. Qoraxoniylar davlati
  15. Xorazmshohlar davlati
  16. Oʻrta Osiyo (Chingizxon istilosi)
  17. Amir Temur davlati
  18. Temuriylar davlati
  19. Shayboniylar davlati
  20. Xiva xonligi
  21. Qoʻqon xonligi
  22. Buxoro amirligi
  23. Oʻrta Osiyo (Rossiya tomonidan zabt etilish)

Sulolalar

Qadimgi davr

Qadimdan Oʻzbekiston hududida koʻchmanchi eroniy qabilalar yashab kelganlar. VII asrda ular arablar istilosiga uchraydilar.

Qoraxoniylar davlati

X asrda Xitoy hududidan oʻzbeklarning ajdodlari — Qoraxoniylar sulolasini tashkil qilgan qarluqlar kirib keladi. Markazi Samarqand shahri boʻlgan Qoraxoniylar davlati Xorazmshoh Muhammad tomonidan 1212-yilda tugatiladi.[1]

tarkibida


Temuriylar

Temuriylar davlati bayrogʻi

1370-yilda Amir Temur markazi Samarqand shahrida boʻlgan mustaqil davlat yaratgani haqida eʼlon qiladi. U Oltin Oʻrda, Hindiston, Turkiyaga bir necha muvaffaqiyatli yurishlar qiladi.

Buxoro amirligi (1500—1920)

1920-yil 1-sentabrgacha boʻlgan Buxoro amirligining bayrogʻi
Buxoro Xalq Sovet Respublikasining bayrogʻi (1921-yil 23 sentabrdan 1923-yil 11 oktabrgacha)
Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasining bayrogʻi (1924-yil 18 sentabrdan 1925-yil 22 iyulgacha)
  • 1500-yilda Oʻzbekiston hududiga Oltin Oʻrda tarafidan Shayboniyxon boshchiligidagi turk-qipchoqlar bostirib kirib, Buxoro va Samarqandni ishgʻol qiladilar. Oltin Oʻrda islomni Oʻzbekxon davrida qabul qilgani tufayli ular musulomon boʻlib, oʻzlarini Oʻzbekxon sharafiga oʻzbeklar deb atay boshlaydilar. Shayboniyxon yangi oʻzbek davlatini yaratib, Buxoroni ushbu davlatning poytaxti qiladi.
  • 1709-yilda Fargʻona vodiysida Buxoro xonligidan ajralib chiqqan Qoʻqon xonligi vujudga keladi.
  • 1868-yili Rossiya Qoʻqon xonligini ishgʻol qiladi va Buxoro xonligi ustidan protektorat oʻrnatadi.

Taxminan 1500-yillarda Oks (Amudaryo) daryosining shimoliy qismidan yangi istilochilar bostirib kelishdi. Mahalliy hukmdorlarning oʻzaro nizolaridan foydalangan Shayboniyxon boshchiligidagi turk-moʻngʻul qabilalari avvaliga Movarounnahrni, soʻngra butun Xurosonni boʻysundirdilar. Soʻnggi Temuriylarning taxtdan agʻdarilishi va koʻchmanchi oʻzbeklarning bostirib kelishi oqibatida Movarounnahr avvalgi siyosiy salohiyatini yoʻqota boshladi; oqibatda mamlakat siyosiy jihatdan tez quladi va markazlashgan davlatdan anchagina kuchsiz Buxoro xonligiga aylana bordi. Shayboniylar (15101597) va Ashtarxoniylar (15971737) davrlarida Buxoro xonligi tarixi toj-taxt uchun forslar va Xorazm bilan kechgan koʻplab nizolarga guvoh boʻldi. Shayboniylar sulolasi vakillaridan mamlakatning gullab-yashnashi va xalqning baxtini oʻylagan Abdullaxon II alohida ajralib turgan. Oʻzining qirq yildan ortiq hukmronligi davrida u koʻplab taʼlim markazlari, masjidlar, hammomlar, karvonsaroylar va koʻpriklar qurdirdi, xonlikning markaziy shaharlarida xushhavo bogʻlar barpo ettirdi, ibtidoiy pochta aloqasini yoʻlga qoʻydi, dehqonchilik, savdo-sotiq va ilm-fan homiysi sifatida tarixga kirdi. Bugungi Buxoroda Abdullaxon nomi haligacha tillarda doston; Buxorodagi deyarli barcha tarixiy obidalar buxoroliklarga bu hukmdorning oʻta sahiyligi va serjilo sanʼatga oshuftaligini eslatib turadi. Shayboniylar hukmroniligi davrida ulamo mullalar va xudojoʻylar davlat ishlarida faol ishtirok etganlar, buning oqibati oʻlaroq Buxoro madrasalarida asosan diniy fanlar oʻqitilgan.

Ashtarxoniylar sulolasidan keyin oʻlkada Mangʻitlar sulolasi (Chingizxonning oʻgʻli Joʻji avlodlaridan) hukmronligi davri boshlandi, ular Buxoroni 1920-yilga qadar boshqarganlar.

Xiva xonligi (1598—1919)

1917-yilgacha boʻlgan Xiva xonligining bayrogʻi
Xorazm SSRning bayrogʻi (1923-yil 23 oktabrdan 1924-yil 2 oktabrgacha)

1598-yil Urganch (qadimda Gurganj deb atalgan)ni suv bilan taʼminlaydigan Amudaryo oʻz oʻzanini oʻzgartirishi oqibatida saltanat poytaxti Xivaga koʻchirildi. Oʻsha sanadan boshlab mamlakat Xiva xonligi deb atala boshladi.

Amudaryo xonlik hududidan oqib oʻtib, Kaspiy dengiziga quyilardi, natijada kishilarni suv bilan taʼminlabgina qolmay, hududni suv yoʻli orqali Ovrupo bilan bogʻlardi. Asrlar davomida daryo oʻz oʻzanini bir necha marta oʻzgartirgan. 16-asrning oxirlarida roʻy bergan Amudaryoning oxirgi burilishi Gurganj shahrini xarobaga aylantirgan. Hozirgi Xiva shahridan 150 km uzoqlikda joylashgan, Koʻhna Urganch aholi yashash punkti yaqinida (hozirgi Turkmaniston hududida) qadimgi poytaxtning xarobalari joylashgan.

Poytaxtni yangi joyga koʻchirishga majbur boʻlganlarida, bu shubhasiz, Xorazm tarixidagi eng ogʻir davrlardan biri boʻlgan. Ammo vaqt oʻtishi bilan xonlik yana gullab-yashnadi va qisqa vaqt ichida Xiva Islom olamining maʼnaviy markazlaridan biriga aylandi.

Demak, 1598-yil Xiva shahri xonlikning poytaxtiga aylandi, bu 10 asrlik tarixga ega kichikroq, ammo mustahkam shaharcha edi. Afsonalarga koʻra, bu shahar suvi oʻzgacha taʼmga ega boʻlgan Xeyvak qudugʻi atrofida shakllangan, quduqni esa Nuh (s.a.v.)ning oʻgʻli Simning buyrugʻiga koʻra qazishgan. Ichanqalʼa (Xiva shahrining ichki qismi)da hozir ham bu quduqni koʻrish mumkin.

1873-yil Rusiya Xiva xonligining bir qismini anneksiya qildi (bunga asosiy sabab esa, turkman bosmachilari dexqonlarni oʻgʻirlab, Xiva va Buxoroning bozorlarida qul sifatida sotishgan, Xivada olib borilayotgan qul savdolari janubiy Rusiyaning xavotiriga sabab boʻlgan).

Qoʻqon xonligi (1709—1876)

Qo'qon muhtoriyatining bayrogʻi (1917-yil 12 dekabrdan 1918-yil 18 fevralga qadar)

Xonlikka 1709-yil Shayboniy Shoxrux II tomonidan asos solingan. U minglar urugʻidan boʻlib, kelib chiqishi Temuriylarga borib taqaladi.

Ogʻzaki maʼlumotlarga koʻra, Amir Temurning avlodi shoh Bobur Samarqanddan Hindistonga ketar chogʻi Fargʻona vodiysi orqali oʻtayotganda, uning xotinlaridan biri farzandi bilan Xoʻjand va Konibodom oraligʻidagi yoʻlda qolishga ruxsat olgan, Oltin-beshik deb ism qoʻyilgan bu bolani (1545-yil) koʻchmanchi Ming urugʻi oʻz qaramogʻiga olgan (sulola nomi ham shundan kelib chiqqan). Oltin-beshik biy deb eʼlon qilingan va Axsi shahrida yashay boshlagan. Biy unvoni meros sifatida uning avlodlariga ham oʻtgan. Uning avlodlaridan biri Abduraim Diqantoʻda qishlogʻiga koʻchib oʻtdi va taxminan 1732-yil Qoʻqon shahriga asos soldi. Shahar avvaliga Eskiqoʻrgʻon, keyinchalik Qalʼai Raimboy deb nomlangan. Abduraim Buxorodagi ichki nizolardan foydalanib, u yerga hujum uyushtiradi, Samarqandga qarovchi baʼzi qishloqlarni, Kattaqoʻrgʻonni egallab, Shahrisabzgacha boradi, lekin, u yerning hokimi bilan sulh tuzadi va hokimning jiyaniga uylanib Xoʻjandga qaytadi, oxir-oqibatda taxm 1740-yilda oʻz qoʻl ostidagilardan biri tomonidan oʻldiriladi. Bundan tashqari fors shohi Nodirshox 1740-yil Buxoroni boʻysundirib, qoʻqonliklarni Samarqanddan quvib yuboradi. Abduraimning ukasi Abdukarimbiy endigina Qoʻqon deb atala boshlagan (1740) Eskiqoʻrgʻonga koʻchib oʻtadi (Aslida esa, "Qoʻqon shahri" atamasi anchagina qadimiy boʻlib, u haqda 10-asrda arab sayyohlari Istaxriy va Ibn Havqal Axsi shaharchasi va Shosh daryosi (Sirdaryo) yaqinida joylashgani haqida yozishgan, yaʼni bu joy hozirgi Qoʻqonning oʻrnidadir. Demak, shaharga "asos solganlar" unda shunchaki oʻrda (saroy) qurishgan va qalʼa devorlari bilan oʻrab olishgan, degan taxminlar ham yoʻq emas).

Abdulkarim va Norboʻtabiy zamonlarida xonlik hududi kengaydi. Shuni ham taʼkidlash joizki, 1774-1798-yillar oraligʻida Abdulkarim ham, Norboʻtabiy ham Xitoyga boj toʻlab turganlar.

Norboʻtabiyning oʻgʻli Olimxon togʻda yashovchi tojik qavmlarining koʻmagi bilan Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismini oʻziga boʻysundirdi, Xoʻjand (hozirgi Leninobod), Toshkent shular jumlasidandir. 1809-yil u oʻz ukasi Umarxon tomonidan oʻldiriladi. 1821-yil Umarxonning 12 yoshli oʻgʻli Muhammadali (Madalixon) taxtga oʻtiradi. Uning hukmronlik davrida xonlikning hududi anchagina kengaydi. Xonlik oʻziga shimoliy Qirgʻiziston va janubiy Qozogʻiston hududlarini qoʻshib oldi. Bu yerlarni boshqarish uchun 1825-yil Pishpak va Toʻqmoq qalʼalari barpo etildi.

1842-yil Вuxoro amiri Nasrullaxon Qoʻqon xonligiga bostirib kirdi. Shu yillarda Madalixonning jiyani Sheralixon isyon koʻtaradi, bu isyon keyinchalik fuqarolar urushiga va etnik nizolarga sabab boʻladi. 1845-1858-yillarda (va yana 1865-yil) taxtga Sheralixonning oʻgʻli Xudoyorxon oʻtiradi.

1855-yildan boshlab mahalliy hokimlarning oʻzboshimchaligi va zulmlaridan charchagan qirgʻiz va qozoq qavmlari ruslar tarafga ogʻa boshlaydilar. Oqibatda xonlikning Rusiya harbiylari bilan bir necha marta qurolli toʻqnashuvlari yuzaga keladi. 1866-yil Rusiya imperiyasi Toshkentni, keyingi yil Xoʻjandni egallaydi. Bu vaqtda Toshkent begi Yoqubbek Xitoy tazyiqidan vaqtincha ozod boʻlgan Qashqarga qochib ketadi.

1868-yilgi Rusiya bilan savdo kelishuvlari Qoʻqon xonligini iqtisodiy jihatdan Rusiya iqtisodiga qaram qilib qoʻyadi. 1873-1876-yillarda Xudoyorxonning ichki siyosatidan norozi boʻlgan xalq gʻalayon koʻtaradi. Qoʻzgʻolonni oʻzini taxt vorisi deb eʼlon qilgan Poʻlatxon boshqaradi. Isyonchilar avvaliga Rusiyadan yordam kutishadi, ammo Rusiya ularga yordam qoʻlini choʻzishdan bosh tortadi. Bundan ranjigan Poʻlatxon 1875-yil taxtni egallagach, Rusiyaga qarshi siyosat yuritadi, Natijada 1876-yil martida Rusiya imperiyasining generallari Kaufman va Skobelev ham harbiy kuch tashlab, qonuniy xonni himoya qilish bahonasida Qoʻqonni qamal qilishadi. Poʻlatxon tutib, qatl qilinadi, Qoʻqon xonligi tugatiladi. Sobiq Qoʻqon xonligining yerlari Rusiya Turkistonining Fargʻona viloyati tasarrufiga oʻtadi.

Oʻzbekiston SSSR tarkibida

Turkiston ASSR bayrogʻi (1919-1921-yillar)

1917-yil 7- dan 8-noyabrga oʻtar kechasi Petrogradda Ulugʻ Oktabr inqilobi nomi bilan tarixga kirgan qoʻzgʻolon uyushtirildi. Shu kech poytaxti Moskva shahri boʻlgan Rossiya Sovet Sotsialistik Federativ Respublikasi (RSFSR) tuzildi. Turkiston General Gubernatorligi oʻrnida RSFSR tarkibidagi Turkiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi (Turkiston Muxtoriyati) tuzildi. Sobiq Rusiya imperiyasi protektoratlari hisoblangan Xiva xonligi va Buxoro amirligi vaqtincha mustaqil boʻlib qoldilar.

Fuqarolar urushi davrida bolsheviklar Sobiq Rossiya Imperiyasi hududlari ustidan oʻz hukmronliklarini oʻrnatib bordilar va barcha frontlarda intervensiya kuchlariga qarshi (yaʼni Angliya, Fransiya, Polsha, Turkiya, AQSH, Yaponiya va b. koʻplab mamlakatlar) kurash olib bordilar.

1919-yil iyunida Oʻrta Osiyoga Budyonniy boshchiligidagi otliq askarlar korpusi yuboriladi. Uning qoʻshini tinch xalq ustiga qurol bilan bostirib kelib, Qoʻqon, Buxoro va Xiva shaharlarini egallaydi. Buning oqibatida yuzaga kelgan ozodlik harakati qatnashchilarini „bosmachilar“ deb ayblaydilar.

1920-yil fevral oyida Qizil armiya yordami bilan Xiva xonligi va Buxoro amirligi hududlarida Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikalari tuzildi. Lekin oddiy xalq orasida shoʻrolar hukumatiga bosh egishni istamaydigan kuchlar ham saqlanib qolgandi. Milliy ozodlik kurashlari tinchib ketmadi. Hattoki Budyonniy suvoriylari ham bosmachilarni tutishga qiynalishardi, chunki ular tezda tarqab, oddiy xalq orasiga birikib ketardi. Shunda budyonniychilar qishloqlardagi barcha erkaklarni boshini tanasidan judo qila boshladilar, natijada oddiy xalq yordami bilan 1922-yil bosmachilarning asosiy qismi tutib qatl qilindi. Bosmachilar bilan kurash 1933-yilga kelib tamomila tugadi.

1920-yil 26-avgustda Turkiston muxtoriyatining Sirdaryo va Yettisuv qismlarida RSFSR qaramogʻidagi Qirgʻiziston ASSR (Qirgʻiziston Muxtoriyati) tashkil qilindi.

1922-yil dekabrida Ukraina va Belarus Shoʻro qurultoylari RSFSR bilan ittifoq tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qildilar. Koʻp oʻtmay ularga Kavkazorti SFSR ham qoʻshildi.

1924-yil sentabrida Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikalari sotsialistik respublikalarga aylantirildi, lekin bir oy oʻtib, Oʻzbekiston va Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikalari tashkil etilishi munosabati bilan chegaraviy boʻlinishlarga uchrab, viloyat maqomini oldilar.

1923-yildan 1929-yilgacha guberniyalar oʻrnida oʻlkalar va viloyatlar (SSJI davrida yozilgan barcha oʻzbek tilidagi rasmiy hujjatlarda „viloyat“ soʻzi „oblast“ tarzida, „tuman“ soʻzi „rayon“ tarzida uchraydi), volostlar va uyezdlar oʻrniga tumanlar tashkil qilindi. Boshqaruv ishini yengillashtirish maqsadida viloyatlar muntazam ravishda boʻlinib borildi. Oʻrta Osiyodagi respublikalar ham milliy yoki diniy qarashlardan kelib chiqib boʻlindi.

1923-yil SSJI tarkibiga Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikalari qoʻshildilar (SSR sifatida).

1924-yil 14-oktabrda Buxoro SSR tarkibida Tojikiston ASSR tuzildi va Qirg'iziston ASSR tarkibidan Qora-Qirg'iz avtonom oblasti ajratildi.

Oʻzbekiston SSR bayrogʻi (1952-yil 29 avgustdan 1991-yil 18 noyabrgacha)

1924-yil 27-oktabrda rasman Oʻzbekiston SSR va Turkmaniston SSR tuzildi. Oʻzbekiston SSR tarkibiga Buxoro SSR (Tojikiston ASSR bilan birga) va boʻlib yuborilgan Xorazm SSRning uchdan bir qism hududi qoʻshildi, qolgan qismlardan biriga Qirgʻiziston ASSR tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog'iston AO tuzildi, qolgan uchinchi qism hududda Turkmaniston SSR tashkil etildi.

Shu tariqa Oʻzbekiston ittifoqdosh respublika maqomida SSJI tarkibiga qoʻshildi, Oʻzbekiston SSRning birinchi poytaxti 1924-yilda Samarqand shahri boʻldi. 1930-yilda poytaxt Toshkent shahriga koʻchirildi.

1926-yil 1 fevralda Qirgʻiziston ASSR Qozogʻiston ASSRga oʻzgartirildi va Qora-Qirgʻiz AO uning tarkibidan ajratib olinib, oʻrniga Qirgʻiziston ASSR tuzildi.

1929-yil 16 oktabrda Oʻzbekiston SSR tarkibidan Tojikiston ASSR ajratib olindi va oʻrniga Tojikiston SSR tuzildi. Tojikiston SSR 1929-yilning 5 dekabrida SSJI tarkibiga qoʻshildi.

1936-yilning 5 dekabrida Qirgʻiziston ASSR va Qozogʻiston ASSR rasman RSFSR tarkibidan ajratilib, Sovet Sotsialistik Jumhuriyatlar Ittifoqiga SSR sifatida qoʻshildi, Qoraqalpogʻiston AO esa, Avtonom SSR sifatida Oʻzbekiston SSR tarkibiga kirdi.

SSSR tarkibida Oʻzbekiston hukumati boshliqlari

Oʻzbekiston SSR tuzilgan sanadan boshlab, 1925-yil fevral oʻrtalarigacha rasman respublika boshligʻi Fayzulla Xo'jayev boʻlgan. (1896 — 15.03.1937).

1925-yil 17 fevraldan Yo'ldosh Oxunboboyev (01 (13).07.1885 — 28.02.1943) Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroqoʻmi Raisi (1938-yil 21 iyuldan Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi Raisi) etib tayinlandi va umrining oxirigacha mazkur lavozimda qoldi

1938-yilning 19-dan to 21 may sanasigacha Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi Raisi lavozimida vaqtinchalik Usmon Yusupovich Yusupov (01.03.1900 — 07.05.1966) boʻldi.

1943-yil 22 martdan 1947-yil 14 martgacha Prezidium Raisi Abduvali Mo'minov boʻldi.

1947-yil 17 martdan [[1950|1950-yil 21 avgustga qadar OʻzSSR Prezidiumi Raisi lavozimida Amin Ermatovich Niyozov (1903-1973) ish yuritdi.

1950-yil 21 avgustdan OʻzSSR Raisligiga Sharof Rashidovich Rashidov (24.10 (06.11).1917 — 31.10.1983) tayinlandi va umrining oxirigacha oʻz lavozimida qoldi. Ammo, shuni ham taʼkidlash joizki, rasman respublika boshliqlari 1959-yildan to 1970-yilgacha Yodgor Sodiqovna Nasriddinova (26.12.1920), 1970-78-yillarda Nazar Matkarimovich Matchonov (01.01.1923), 1978-83-yillarda Inomjon Buzrukovich Usmonxoʻjayev (21.05.1930) boʻlishgan.

Rasmiy Moskva tomonidan uyushtirilgan, Gdlyan va Ivanovlar tomonidan olib borilgan „tozalash ishlari“ natijasida mamlakatning keyingi boshliqlari tez-tez almashtirib turildi.

21.12.1983 — 09.12.1986 Oqil Umrzoqovich Salimov (1928)
09.12.1986 — 09.04.1988 Rafiq Nishonovich Nishonov (15.01.1926)
09.04.1988 — 06.03.1989 Poʻlat Qirgʻizboyevich Habibullayev (14.10.1936)
06.03.1989 — 24.03.1990 Mirzaolim Ibragimovich Ibragimov (1928)

1990-yil 24 martda Oʻzbekiston SSR prezidenti lavozimiga tantanali ravishda Islom Abdugʻaniyevich Karimov keldi va oʻzbek xalqini yangi gʻoya — mustaqillik sari intilishga undadi. [2]

Mustaqil Oʻzbekiston

Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi (1991-yil 18 noyabrdan)

1991-yil SSJI boʻlinib ketishi oqibatida mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi vujudga keldi. Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasining prezidenti etib saylandi. Turli islomiy radikallar jumhuriyat tepasiga chiqishga urinib koʻrishdi, ammo barcha harakatlari besamar ketdi, 1999-yil ushbu radikallar terroristik harakatlarni boshlashdi. Respublika rahbarining oqilona harakatlari natijasida koʻplab teraktlarning oldi olindi.

Manbalar