Qadimgi Baqtriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Qadimgi Baqtriya podsholigi

Oʻrta Osiyodagi qadimiy davlatchilik tuzilmalaridan biri Qadimgi Baqtriya davlatidir. Qadimiy manbalar shundan dalolat beradiki, eramizdan avvalgi 8 asr ōrtalarida yirik Baqtriya podsholigi mavjud boʻlgan. Avestoda uning nomi Baxdi, Bihistun yodgorliklarida Baktrish, antik davr adabiyotlarida Baktriana sifatida qayd etilgan. Qadimgi Baqtriya bilan oʻsha davr dunyosining boshqa davlatlari - Ossuriya, Yangi Vavilon, Midiya, Hindiston knyazligi oʻrtasida aloqalar mavjud boʻlgan. Tarixiy manbalarga koʻra, Ossuriya hukmronligi (gegemonligi) qaror topgan eramizdan avvalgi 9-7 asrlarda ossuriyaliklar Baqtriyaga hujum qilishgan. Bu harakat tarixda Ossuriya yurishi nomi bilan maʼlum. Bu yurishning asosiy sababi Baqtriya lazuriti ustidan nazorat oʻrnatishga qaratilgan edi.

Eramizdan avvalgi 7-6 asrlarda Qadimgi Baqtriya podsholgi hududiga Surxon, Qashqadaryo va Zarafsxon vohalari, Margʻiyona va Sugʻd yerlari kirgan. Baqtriyalik ustalar tomonidan tilla, tosh va bronzadan yasalgan turli mahsulotlar Xitoy, Fors davlati va Yevropada juda mashhur boʻlgan. Baqtriyaning yirik shaharlari Qiziltepa, Yer-Qoʻrgʻon, Uzunqir va Afrosiyob hududlarida joylashgan. Oʻsha davrda Baqtriyaga tashrif buyurgan sayyoh eʼtiborini uylar, hunarmandlarning ustaxonalari va xoʻjalik binolari uzra boʻy choʻzib turgan salobatli minoralar tortishi tabiiy edi. Kursiy Rufning yozishicha, "Baqtriyaning tabiati boy va turli-tuman. Ayrim joylarda daraxtlar va toklar o`ta sermahsul hosil beradi, hosildor yerlar ko`plab buloqlardan suv ichadi. Yumshoq yerlarga bug`doy ekiladi, qolgani esa chorva uchun yaylovlardir".