Konibodom
| shahar | |
|
| |
| 40°17′0″N 70°25′0″E / 40.28333°N 70.41667°E | |
| Mamlakat | Tojikiston |
| viloyat | Sugʻd viloyati |
| {{{tuman_turi}}} | Konibodom tumani |
| Asos solingan | IX |
| Ilk eslatilishi | 1463 |
| Avvalgi nomlari | Qandi Bodom |
| Qachondan beri shahar | 1937 |
| Rasmiy til(lar)i | Tojik tili|tojikcha |
| Aholisi (2013) |
48 ming[1] |
| Milliy tarkib | tojiklar, oʻzbeklar |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Telefon kodi | +992 3467 |
| Pochta indeks(lar)i | 735900 |
| Avtomobil kodi | 02РТ |
|
| |
Konibodom, Kandibodom (tojikcha: Конибодом; forscha: کان بادام) — Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyatidagi shahar. Kand va bodom so'zlaridan yasalgan bo'lib, bodom qishlog'i degan ma'noni bildiradi.Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismida joylashgan. Katta Fargʻona kanali boʻyida. Konibodom temir yoʻl stanyasidan 6 km. Aholisi 48 ming kishi (2013-yil). Konibodom 1463-yildan Qandi Bodom deb tilga olinadi. Baʼzi adabiyotlarga koʻra, Konibodom 9—10-asrlardan maʼlum.
Ushbu shaharni Zahiruddin Muhammad Bobur o'z asarida (Boburnoma) shunday tavsiflaydi:
"Muning (Xo'jand) tavobidin Kandibodomdur. Agarchi qasaba emas, yaxshig'ina qasabachadur. Bodomi yaxshi bo'lur. Bu jihatdin bu ismg'a mavsumdur. Hurmuz va Hindustong'a tamom muning bodomi borur. Xo'janddin besh-olti yig'och sharq tarafidadur."[2]
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, yengil (paxta tozalash, toʻqimachilik, tikuvchilik), oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Badiiy hunarmandchilikning qadimdan markazi. Teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. 16—17-asrlarga mansub 2 Madrasa, anʼanaviy oʻymakorlik va kitobali (bezak yozuvli) masjidlar saqlangan.[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан. „Численность населения Таджикистана на 1 января 20 1 3 года“ (ru) (2013-yil 1-yanvar). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2013-09-21 sanasida arxivlangan)
- ↑ Boburnoma, "yangi asr avlodi", 2015, 11-bet.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- История Канибадама (Wayback Machine saytida 2014-03-17 sanasida arxivlangan)
| Tojikiston geografiyasi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |