Kontent qismiga oʻtish

Parfiya tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Parfiya tili, parfiy tili — hind-yevropa tillari oilasidagi eroniy tillar guruhiga mansub oʻlik til. Arshakiylar sulolasi hukmronligi davrida (miloddan avvalgi III asr —mil III asr) Parfiya davlatining rasmiy tili (ilk davrlarda grek va oromiy tillari bilan birga). Arshakiylar davrigacha tarixiy Parfiya viloyatida hamda Kaspiy dengizining jan.sharqida, arshakiylar davrida esa Eron, Armaniston, Iroq va Oʻrta Osiyoda ham tarqalgan. III—VI asrlarda sosoniylar saltanatida rasmiy til paqlaviy (oʻrta fors tili) boʻlganda ham qisman qoʻllanishda boʻlgan va asta-sekin fors tiliga aralashib singib ketgan (VI asr oxirlari). Parfiya yozuvi oromiy yozuvidan kelib chiqqan. Qad. yozma yodgorliklari — sopolaklarda saqlanib qolgan xoʻjalik hujjatlari miloddan avvalgi I asrga mansub[1].

  1. „Parfiya tili“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (P-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.