Suryoniy tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Suryoniy tili, suriya tili - somhom tillari oilasiga mansub oromiy tillarining sharqiy guruhidagi ulik tillardan biri; Yuqori Mesopotamiyadagi qad. Edessa hududidan Erongacha tarqalgan. Mil. 3-asr dan Old Osiyodagi oromiy tilida soʻzlashuvchi xristianlarning adabiy tili boʻlgan. 8-asrdan boshlab Suryoniy tili astasekin arab tili tomonidan siqib chiqarilgan. Hozirgi vaqtda Eron, Iroq, Suriya va boshqa mamlakatlarda yashovchi nestorian (nasturiy)lar va yakovit (yaʼqubiy)larning ibodat tili hisoblanadi. Yozuvi oromiy yozuvidan kelib chiqqan suryoniy alifbosining 3 koʻrinishi [estrangelo, yakovit (serto) va nestorian]ga asoslangan. Unda mil. 1-asr ga mansub oʻyma yozuv matnlari, 3—14-asrlarga mansub boy xristian diniy adabiyoti mavjud.