Kosonsoy suv ombori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kosonsoy suv ombori — Qirgʻiziston Respublikasi Jalolobod viloyati hududida joylashgan gidrotexnika inshooti. Fargʻona vodiysidagi dastlabki suv omborlaridan biri, vodiyning shimoli-sharqida (Namangan shahridan 50 km shimoli-gʻarbda). Kosonsoy daryosi rejimini tartibga solish, sel suvlarini toʻplash maqsadida Kosonsoy vodiysining toraygan Oʻrtatoʻqay botigʻida barpo etilgan.

Qurilish 1941-yilda boshlanib, 1948-yilda 100 million m³ hajmdagi suv ombori foydalanishga topshirildi, 1955-yilda batamom tugallangan. Kosonsoy suv omborida balandligi 60 m, uzunligi 290 m toʻgʻon qurildi. Kosonsoy suv omborining suv sigʻimi 165 million m³, suv yuzasining maydoni 8 km², uzunligi 5,2 km, chuqurligi 20,6 m. Kosonsoy suv ombori suvi bilan Namangan viloyati Chust, Kosonsoy, Toʻraqoʻrgʻon tumanlari va Qirgʻizistonning Jalolobod viloyati Olabuqa tumani ekinzorlari sugʻoriladi. Suv toʻplash dekabrdan iyulgacha davom etadi.

Kosonsoy suv ombori Namangan shahridan 70 km, Kosonsoy  tuman markazidan 28 km masofada joylashgan. Shimolda Qirgiziston Respublikasi, Jalolobod viloyati, Olabuqa tumani markazidan 7 km gʻarbda, Oʻrta-toʻqay qishlogʻi togʻ oraligʻida joylashgan.

Loyiha boʻyicha viloyatning 28 ming gektar yerlarini sugʻorish hamda, sel va toshqin suvlaridan aholi va qishloq xoʻjaligi obyektlarini ximoyalash uchun qurilgan. Suv omborni toʻla hajmi 165 million m³, foydali suv hajmi 155 million m³. Bosh loyihalovchisi „Sredazgiprovodxlopok“ instituti.

Suv ombori Kosonsoy oʻzaniga joylashgan boʻlib, mavsumiy sozlanuvchan turiga mansub. Kosonsoy suv ombori qurilishining 1-navbatidagi  7,0 million m³ suv sigʻimiga ega boʻlgan qismi 1941—1943-yillarda, 100,0 million m³ suv sigʻimiga ega boʻlgan qismi 1947—1954-yillarda qurilib foydalanishga topshirilgan.

Suv omborining 165,0 million m³ suv sigʻimiga ega boʻlgan 2-navbati 1962—1967-yillarda qurib foydalanishga topshirilgan. Kosonsoy suv omborining toʻgʻoni togʻ toshidan qurilgan, uzunligi 290 metr, balandligi 64 metrni tashkil qiladi. Toʻgʻon ekrani temir-beton.

Suv chiqarish inshooti tunelli, uzunligi 600 m., kirish qismidan 150 m. masofada yassi, avariya-taʼmir darvoza, oxirgi qismida 2 ta yassi avariya-taʼmir va 2 ta konusli ishchi darvozalar joylashgan, suv chiqarish quvvati 100 m³/sek. 130 m³/sek. suv oʻtkazish qobilyatiga ega boʻlgan Favqulodda tashlama — shaxtaga quyilib tushuvchi bir koʻzli, uzunligi 120 metr truba koʻrinishida, davomi 50 metr uzunlikda lotok koʻrinishidagi kanaldan iborat.

Kosonsoy suv ombori qurilishi tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi jahon urishi yillarida qurilish boshlanib, 1942-yili toʻxtatilgan, urushdan soʻng qayta boshlanib, 1955-yilda xalqning koʻtarinki ruh bilan fidokorona mehnati natijasida Oʻrtatoʻqay suv ombori qurib bitkazilgan.  Qurilish yillarida Usmon Yusupov, viloyat rahbarlari Tursun Qambarov va Zokirjon Sattorovlar har tomonlama bu ishga yordam koʻrsatdilar. Kosonsoylik Buvoxon bobo, Eshonxon Boboxonov, Ismatillaxon Usmonov tergachilik mehnat pahlavoni Poʻlat dev, rovotlik Ergashvoy Husanov, Yoqubov Tursunboy kabi yuzlab kishilar suv ombori va Chust kanali qurilishida mehnat shijoatini koʻrsatganlar. Suv ombori Chotqol, Qurama togʻlari orasida joylashgan. Chilquduqsoy, Miskin koʻllaridan boshlanib yettita katta buloq-koʻllardan zahira oladi.

Manbalar[1]

  1. Kosonsoy tarixi va Geografiyasi.