Kontent qismiga oʻtish

Joseph-Louis Lagrange

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jozef-Luis Lagrange
Tavalludi 25-yanvar 1736[1][2]
Vafoti 10-aprel 1813[1][2]
Parij, Birinchi Frantsiya imperiyasi
Fuqaroligi


Lagranj (Lagrange) Jozef Lui (1736.25.1, Turin – 1813.10.4, Parij) – fransuz matematigi va mexanigi, Berlin Fanlar akademiyasi aʼzosi (1759) va prezidenta (1766—87), Parij Fanlar akademiyasining aʼzosi (1772). Peterburg Fanlar akademiyasining faxriy aʼzosi (1776). Matematikanini mustaqil oʻrgangan. Turin artilleriya maktabini tugatgan va 19 yoshida shu maktabda professor boʻlgan. 1787-yildan Parijda yashagan. Parij oliy oʻquv yurtlarida professor (1795). Lagranj Eylernshlari asosida Lagranj variatsion hisobning asosiy tushunchalarini ishlab chiqdi va variatsiyalar usulini yaratdi. Uning „Analitik mexanika“ asari (1788) analitik va nazariy mexanika taraqqiyotida muhim oʻrin tutdi. Bunda mumkin boʻlgan siljish prinsipining analitik ifodasini berdi va shunga asosan statikaning asosiy masalalarini yechdi. Dinamikada oʻzining asosiy prinsiplari (qarang D’Alamber Lagranj prinsipi)dan foydalanib, istagan sistemaning harakat tenglamasini yechdi; umumlashgan koordinatalarni kiritdi[3].

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil