Amal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Amal (arab. – ish, faoliyat, harakat) – 1) mansab, lavozim, hunar; 2) me’morlikda koʻpincha eski imoratlarda me’mor yoki ustaning dastxati shu soʻz bilan boshlanadi. "Amali usto..." kabi; 3) hisoblashdagi toʻrt A.– qoʻshish, olish, koʻpaytirish, boʻlish; 4) tibbiyotda ta’-sir qilish. Mas, chechakka qarshi emlan-gan joy boʻrtib, qora qoʻtir boʻlib koʻchib tushsa yoki biror kasallikka qarshi dori berilganda bemor sogʻayib ketsa, dori A. qilgan boʻladi; 5) islom ilohiyotida din aqidalariga ishonishdan tashkari dindor oʻz faoliyati va harakati bilan ba-jarishi lozim boʻlgan barcha vazifalar va savob ishlarni ifoda etuvchi tushun-387cha. A. umumiy mazmunda diniy maro-simlar, urf-odatlar bilan bogʻliq vazi-falarni oʻz ichiga oladi. Qur’onda "A." soʻzi juda koʻp suralarda keladi, bunda musulmonlar tomonidan bajariladigan yaxshi, foydali ishlar ham, shayton to-monidan odamlarga qarshi qilinadigan yomon, zararli ishlar ham tushuniladi; 6) musiqada – oʻtmishda kuy yoki ashulaning ma’lum uslubda yaratilgan shakli. Navoiy va Bobur asarlarida, Kavkabiy va Darvishali Changiyning "Risolai musiqiy" asarlarida A.lar va ularni yaratgan bastakorlar haqida ma’lumotlar berilgan. Kavkabiyning yozishicha, agar bir necha kuy tuzilmalarida sarxona, mi-yonxona va bozgoʻy kabi unsurlar boʻlib, unga ma’lum oʻlchovdagi she’r asos qilib olingan boʻlsa, A. hisoblanadi. Darvi-shalining aytishicha, A. cholgʻu muqaddima (mustahal) bilan boshlanadigan ashuladir. Unda oʻrta registrda ijro etiladigan miyonxona va qaytarma qism – bozgoʻy boʻlishi shart. A. hozirgi Shashmaqomda ham uchraydigan taronalarning yirikroq sha-klidir. Yozma manbalarda A.i tarona ham uchraydi. Bu tarona shaklidagi A.dir.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil