Kontent qismiga oʻtish

Osiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Osiy (arab. — isyon qiluvchi, itoatsiz, gunohkor) — diniy aqidaga koʻra, Allohning buyruqlari, paygʻambarning sunnat va koʻrsatmalariga rioya qilmaydigan, buyurilgan vazifalarni bajarish oʻrniga ularni butunlay yoki qisman inkor etadigan, sharʼan taqiklangan ishlarni qiladigan shaxs. O. bandalarning taqdiri Allohga havola etiladi. Ahl as-sunna val-jamoa aqidasiga koʻra, O. banda agar kufr yoki shirkka ketmagan boʻlsa, har qancha katta-kichik gunohlariga qaramay musulmon moʻmin sanaladi, yaʼni kofir boʻlib qolmaydi, balki gunohkor hisoblanadi. Boshqa baʼzi diniy oqimlarga koʻra, O. banda kufrga mahkumdir. O. ning qilgan baʼzi gunohlari uchun bu dunyoda sharʼiy jazo belgilangan. Misol uchun, islom mamlakatlarida, araq ichganga darra uriladi. O.ning qilgan har bir gunohi uchun u dunyoda alohida jazolar belgilangan. O. oʻz gunohlariga chin dildan tavba qilib, ularni qayta takrorlamasa, kechirilishi taʼkidlangan. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil